BAYRAM ShODIYONASI

Ona vatanimiz istiqlolining 26 yilligi “O‘zbekko‘mir” AJ katta jamoasida ham munosib nishonlandi. To‘kin dasturxon yozilib, doshqozonda osh damlandi. Subhidamda chalingan karnay-surnay sadolari ostida barcha filallar jamoalari “Osiyo” tantanalar majmuasiga tashrif buyurishdi.

Tantanaga tashrif buyurganlarni Jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Ravshanovich Odilov qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etdi:
-Hurmatli hamkasblar, Mustaqillik bayrami hamda muborak Qurbon hayiti bilan sizlarni chin ko‘ngildan tabriklayman. Barchangizga salomatlik, oilangizda fayz-baraka, kasb-koringizda muvafaqqiyat tilayman. Hech bir davrda konchilik ishi oson bo‘lmagan. Avvalo shu kasbni tanlaganingizning o‘zi jasorat. Mana shu shijoatingiz, fidoyiligingiz hech qachon so‘nmasin.

Xabaringiz bor tizimda juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Olib borilayotgan ishlarning barchasi sohaning taraqqiy etishi hamda xalq farovonligi uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan.

Bayram tadbirida har yilgi an’anaga ko‘ra kon sohasidagi fidokorona mehnatlari uchun bir guruh ishchi-xodimlar “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari, Faxriy yorliqlar va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mehnatlaringiz samarasi – mukofot muborak, qadrli konchilar! Kasb-koringizda yanada ulkan zafarlar tilaymiz.

2017 yild 24 avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ filiallari ishchi-xodimlari ishtirokida “FIDOYING BO‘LGAYMIZ SENI, O‘ZBEKISTON!” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviyat soati to‘g‘risida MA’LUMOT

2017 yild 24 apvgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ filiallari ishchi-xodimlari ishtirokida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi.



Ma’naviyat soatida “Angren ko‘mir koni” filiali, “Avtomobilb texnologik transport boshqarmasi” filiali, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filiali va boshqa korxonalarning 400 nafardan ziyod ishchi-xodimlari qatnashdi.

Ma’naviyat soatini “O‘zbekko‘mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Kayumov ochdi va olib bordi.

“O‘zbekko‘mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Kayumov yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi va Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, erishilgan natijalar, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida to‘xtaldi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro Antik dunyo ilmiy akademiyasi akademigi Qobilbek Karimbekov mustaqillikka erishish odimlari, istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan natijalar, olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni, mamlakatimizdagi tinch-totuv hayotning qadriga yetish, keksa avlodni qadrlash va yosh avlodni tarbiyalash to‘g‘risida ma’ruza qildi.



Muhokama o‘tkazilib, fikr va mulohazalar almashildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarin qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’naviyat soatida xonanda Feruza Abdullayeva istiqlolni tarannum euvchi qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

“O‘zbekko‘mir” AJ filiallari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan spartakiada to‘g‘risida MA’LUMOT

2017 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarorining ijrosini ta’minlash, “O‘zbekko‘mir” AJ filiallarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni sog‘lomlashtirish, yosh avlodning jismoniy baquvvat va ma’naviy barkamol ruhda tarbiyalash, ishchi-xizmatchilarni sport turlari bilan shug‘ullanishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlab spartakiada o‘tkazildi.

Shahar markazidagi “Kimyogar” o‘yingohida sportning mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton turi bo‘yicha o‘tkazilgan spartakiadada “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi 14 ta filiallarning jamoalari faol ishtirok etdi.
400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan spartakiada qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi.
Umumjamoa tarkibida:
1-o‘rinni “Avtomobil texnologik transport boshqarmasi” filiali;
2-o‘rinni “Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali;
3-o‘rinni “Angren ko‘mir koni” filiali qo‘lga kiritdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Kayumov musobaqada 1-, 2-, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar va jamoalarni tabriklab, estalik sovg‘alarini topshirdi. Umumjamoa tarkibida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan filiallar jamoalariga diplom va sovrinlar taqdim etildi.
Spartakiada ishtirokchilari musobaqalarning ko‘tarinki ruhda va do‘stona kayfiyatda o‘tganligini aytib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forumi yakunlariga bag‘ishlab “O‘zbekko‘mir” AJda o‘tkazilgan amaliy seminar to‘g‘risida ma’lumot

Seminarni “O‘zbekko‘mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Kayumov ochdi va olib bordi.
“O‘zbekko‘mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Kayumov Kasaba uyushmalari faoliyatida 2017 yil 16 iyun kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forum yakunlari bo‘yicha to‘xtalib, amaliy seminarni ochiq deb e’lon qildi, hamda amaliy seminarga taklif etilganlar bilan tanishtirdi.

Amaliy seminarda O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Mavjuda Xamdamovna Xalilova, Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi o‘rinbosari Olimjon Xasanbayevich Topilov, O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Saidmurod Saidmaxmudovich Tuxtayev, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro Antik dunyo ilmiy akademiyasi akademigi Qobilbek Karimbekov ishtirok etdi.

O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Mavjuda Xamdamovna Xalilova Kasaba uyushmalari faoliyatida 2017 yil 16 iyun kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forum yakunlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda ko‘maklashish dasturi qabul qilinganligi, ko‘maklashish dasturida belgilangan ustuvor vazifalar, ularni amalga oshirishda kasaba uyushma faollarining o‘rni to‘g‘risida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro Antik dunyo ilmiy akademiyasi akademigi Qobilbek Karimbekov “O‘zbekistonni rivojlantirishning

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan muhokama o‘tkazilib, fikr va mulohazalar almashildi. Amaliy seminar ishtirokchilari o‘zlarin qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kasaba uyushma faoli Zuxriddin Malikov O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forumi ishtirokchilarining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga Murojaati”ni o‘qib eshittirdi.

Amaliy seminar ishtirokchilari O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forumi ishtirokchilarining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga Murojaati” bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda o‘z bilim va salohiyati, g‘ayrat va shijoati, g‘oya va takliflari bilan faol ishtirok etishga, yo‘lboshchimiz atrofida jipslashishga, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bevosita daxldorlikni his qilgan holda mamlakat taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim bo‘lgan bu jarayonda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirishga, bir so‘z bilan aytganda, “bir yoqadan bosh chiqarib” faoliyat yuritishga kelishib oldilar.

«O‘zbekko‘mir» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

E’LON
Angren shaxar, Istiqlol ko‘chasi 1 uy jamiyat majlislar zalida, 2017 yil 15 avgust soat 11-00 da jamiyat aksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Kun tartibidagi masalalar:
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
2. “O‘zbekko‘mir” AJ ning strukturasini tasdiqlash.
3. 2017-2021 yillarda ko‘mir soxasini modernizatsiya qilish xamda rivojlantirish dasturini tasdiqlash.
4. “O‘zbekko‘mir” AJni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga qo‘shilish qarorini qabul kilish.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillari esa yozma ishonchnoma bilan kelishlari lozim.
Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish va unda ko‘riladigan masalalarning xujjatlari bilan tanishish uchun quyidagi manzilga yoki telefon raqamigi murojat qilishingiz mumkin:

Angren shaxar, Istiklol ko‘chasi 1 uy. Tel: 150-39-80; 184-55-72.

“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 iyuldagi «Ko‘mir sanoatida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3147 sonli qaroriga ShARH

Mustaqillik yillarida ko‘mir sanoatida respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muhim tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ko‘mir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda iqtisodiyotning real sektorlariga, respublika aholisiga va byudjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir 20 dan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari qabul qilindi.
Natijada, ko‘mir konlarini ochish ishlari, ko‘mirni qazib olish va yetkazib berish hajmlarini ko‘paytirishga, aholiga va byudjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish uchun hududiy distribyutorlik markazlari tizimini rivojlantirishga erishildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
13 iyundagi «2017-2021 yillar davomida ko‘mir sanoatini rivojlantirish va modernizatsiyalashni davom ettirish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-3054 qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish, ko‘mir qazib chiqarishni oshirishga qaratilgan umumiy qiymati 584,4 mln. dollarlik chet el investitsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi sarmoyalarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan 6 ta investitsiya loyiha, ko‘mir sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 1 449 nafar yosh mutaxasislar tayyorlash ko‘zda tutilgan (shu jumladan, magistrlar – 33 nafar, bakalavrlar – 244 nafar, o‘rta-maxsus kasb-hunarga ega mutaxasislar – 1 172 nafar).
Shu bilan birga, ko‘mir sanoati sohasida amaldagi boshqaruv tizimi va samaradorligi tahlil qilinganida, bir qator kamchilik hamda muammolar aniqlandi, jumladan:
ko‘mir sanoatini rivojlantirishda qo‘yilgan vazifalar sustkashlik va past samaradorlikda bajarilgan hamda respublika aholisiga va byudjet tashkilotlariga yetarlicha ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilmagan;
ko‘mir sotish va iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha, hududiy distribyutorlik markazlarini nazorat va ularning faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi yagona tashkilot bo‘lmaganligi;
zamonaviy korporativ boshqaruv usullaridan foydalana oladigan, ko‘mir sanoati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan, yuqori malakali injener-texnik va boshqaruv xodimlarining yetishmasligi;
Shu munosabat bilan, respublika ko‘mir sohasi boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, iste’molchilarga ko‘mir mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, ko‘mir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash strategik dasturlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan boshqa masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ko‘mir sanoatida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:
«O‘zbekko‘mir» va «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatlarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga o‘tkazish;
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati tuzilmasi tarkibiga qo‘shimcha «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati sanoat masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimi kiritilishi;
«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining quyidagi asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
ko‘mir konlarida qazish ishlarini yo‘lga qo‘yish, xom ashyo bazasidan ratsional foydalanish, ko‘mir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash va rivojlantirish;
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, kon ustini ochish, ko‘mir qazib olish va yetkazib berishni oshirish, sohada yuqori texnologik uskunalarni keng joriy etishga qaratilgan yagona texnik siyosatni olib borish;
ko‘mir sanoatini rivojlantirishning joriy, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va siyosiy dasturlarini ishlab chiqish;
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlarni o‘zlashtirish, energo-resurslar sarfini kamaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish, mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish ustunligi asosida sohalararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, import o‘rnini bosishni ta’minlash;
faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini sohaga jalb etish hamda aksiyadorlik jamiyatining strategik boshqaruvida aksiyadorlarning o‘rnini kuchaytirish, loyihalashtirish ishlarini takomillashtirish;
zamonaviy korporativ boshqaruv usullaridan foydalana oladigan, ko‘mir sanoatini samarali ishlashini tashkil etadigan, injener-texnik va boshqaruv xodimlarning malakasini oshirishda ko‘maklashish.
Mazkur Qaror asosida «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari unitar korxonalarini yuridik maqomga ega bo‘lmagan filiallarga aylantirish yo‘li bilan ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish va sotish bo‘yicha yagona «Ko`mir ta’minot» masuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilmoqda, «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati tashkiliy va boshqaruv apparati tuzilmasi takomillashtirilmoqda.
Ko‘mir sanoati korxonalarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga o‘tkazish va moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida Ishchi guruhi tuzildi.
Ushbu Ishchi guruh zimmasiga ko‘mir sanoatining hozirgi kundagi holatini tahlil qilish, aktiv va majburiyatlarini inventarizatsiya qilish, «O‘zbekko‘mir» va «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatlarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga o‘tkazish mexanizmi bo‘yicha takliflar tayyorlash, ko‘mir narxini shakllantirish bo‘yicha tahlil, jalb qilingan kreditlarni qaytarish manbalarini aniqlash, ishlab chiqarish texnologiyalariga rioya qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror va topshiriqlarning bajarilishini tanqidiy tahlil qilish yuklatildi.
Ishchi guruh tahlili natijasida moliyaviy holatni tartibga solish, «O‘zbekko‘mir», «Sharg‘unko‘mir» va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatlarining kredit va boshqa majburiyatlari, shu jumladan, ko‘mir sanoatini «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga o‘tkazish mexanizmi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mazkur qarorning amalga oshirilishi:
birinchidan – aholiga va byudjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishga doir yaxlit xududiy distribyutorlik markazlarini tizimli tashkil etishni nihoyasiga yetkazish;
ikkinchidan – aksiyadorlik jamiyati va uning tashkiliy bo‘linmalarining ish samaradorligini oshirish, ko‘mir sohasi strategik investitsiya loyihalarini tizimli amalga oshirish;
uchinchidan – hududiy distribyutorlik markazlarining komission mukofotdan to‘lanadigan yagona soliqdan umumiy shartlardagi soliqlarga o‘tishi natijasida yiliga taxminan 2,1 mld.so‘mga soliq xarajatlarini kamaytirish, ko‘mir sotish korxonasining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat olib borish;
to‘rtinchidan – aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ko‘mir narxi shakllanishining tahlili, ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya etish to‘g‘risida oldin qabul qilingan topshiriq va qarorlar bajarilishining tanqidiy tahlili, jalb etilgan kredit mablag‘larining to‘lov manbalarini aniqlash hamda moliyaviy masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ko‘mir sohasi korxonalarini o‘tkazish mexanizmini aniqlash imkonini beradi.