Xaridlar komissiyasi yig’ilishining natijalari

По итогам заседания закупочной комиссии по проведению закупочной процедуры на закупку товаров проекта: Поддержание производственной мощности АО «Узбекуголь» были объявлены победители конкурса:

По лоту № 1 (Автошины БелАЗ 75135, БелАЗ 7540В) признать победителем компанию ООО «Спецтехника», которая представила самую низкую цену. Адрес компании Россия, г. Москва, ул. Б. Пионерская, д. № 20, офис 4, имеется дилерский сертификат от завода производителя ОАО «БЕЛШИНА».

По лоту № 2 (Автошины «автопогрузчик, автосамосвал HOWO, MAN и автобус ISUZI») признать победителем компанию ООО «Ценр Смазок», которая представила самую низкую цену. Адрес компании Россия, г. Москва, ул. Искры, дом 31, корп. 1, э.1, пом. II, комн. 20.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 100250, 1 – uyda joylashgan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati2018 yil 16noyabr soat 15:00 da jamiyat majlislar zalida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana:
– aksiyadorlarni xabardor qilish uchun – 16.10.2018 yil;
-aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun – 12.11.2018 yil.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar:
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosi A. A. Abdullayev o‘rniga Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i v.b. Muxamedov Rustam Miniaxmedovich, K.S. Ismoilov o‘rniga Nazarov Yo‘ldosh Axmedovichni, N.A. Obilova o‘rniga korporativ munosabatlar boshqarmasi mutaxassisi Djumaniyazov Farrux Alisherovich, taftish komissiyasi a’zosi N. A. Xadiyeva o‘rniga ichki audit xizmati auditori Kamalov Rustam Jamalovichni, Sh. A. Mirzayeva o‘rniga moliya boshqarmasi sektor boshlig‘i Xujayev Farrux Mamasidiqovichni tasdiqlash.
3. X.N. Abdullayevni bosh direktorning umumiy va xodimlarni boshqarish bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga doir axborotlar bilan jamiyat binosida tanishishlari mumkin.
Jamiyatning elektron pochta manzili: e-mail info@coal.uz, veb sayti: www.uzbekcoal.uz.
Telefon: (+998 78) 150 39 80, faks: (+998 78) 150 39 89.
Aksiyadorlar va ularning vakillari 2018 yil 16noyabr soat 14:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi

MAHSULOTLAR SIFATI DOIM NAZORATDA

Raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim jihat bu – yuqori darajadagi sifat, jahon andozalariga to‘la javob berish hisoblanadi. Ushbu omillarga jiddiy e’tibor qaratgan sanoat korxonalarigina yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi, rivojlanishi, yuksalishi, bir so‘z bilan aytganda, o‘z o‘rnini topa olishi mumkin.

Mamlakatimiz energetika manbai bo‘lmish “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham sifat nazorati eng muhim omil sanaladi. Xo‘sh, qanday qilib ko‘mir sifatini tekshirish, uni nazorat qilish mumkin?

Ma’lumki, mamlakatimizda tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir bir qancha bosqichlar orqali qazib olinadi va xalq xo‘jaligiga yetkaziladi. Ushbu mahsulotning yonish darajasi, chidamliligiga qarab sifati oshib boradi. Shu bois jamiyat negzida sinov laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda mutaxassislar uning xususiyatlari, sifatini nazoratdan o‘tkazishadi. Jami 25 nafar xodimdan iborat jamoa kunu tun faoliyat olib boradi.

Chunki har bir yangi qazib olingan ko‘mir ko‘zdan kechiriladi. Texnik bo‘lim tomonidan taqdim etilgan nusxalar maxsus asbob-uskunalar orqali tekshiriladi. Kimyogarlar tomonidan ko‘mirning namligi, tarkibi, yonish darajasi, issiqlik miqdori, barcha xususiyatlari o‘rganiladi. Mazkur jarayon 2 soatni tashkil etadi.

Mutaxassislar tomonidan yaroqli deb topilsagina, mahsulot o‘z egasiga yetkaziladi. Agarda ko‘mirda biror bir nuqson aniqlansa, u qayta ishlashga yuboriladi.

– Jamoamizning asosini yoshlar tashkil etadi, – deydi kimyogar-muhandis Olga Musayeva. – Laboratoriya so‘nggi bor 2017 yil 29 dekabrda “O‘zstandart” agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu yerda ish jarayoni 2 smenada tashkil etilgan. Sinov binosi keng va yorug‘ bo‘lib, ishchi-xizmatchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Dam olish, ovqatlanish xonasi ularning ixtiyorida. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, tajribalar “O‘zstandart” agentligi tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi, har chorakda hisobotlar taqdim etiladi.

Shu bilan birga, har yili barcha ishchi-xodimlarimiz faoliyati, asbob-uskunalarning yaroqliligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechiriladi. Boisi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga sinov laboratoriyasi javob beradi. Bu esa bizdan sinchkovlik bilan ishlashni, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslikni, doim izlanishni talab etadi.

Laboratoriya zamonaviy asbob-uskunalar, ya’ni maxsus shkaf, o‘choq pechkasi, tarozi, kolorimetrik uskuna, spektrli fotometr va maydalagich bilan jihozlangan. Bu esa tekshirishni tez va sifatli amalga oshirish va mahsulotning xususiyatlarini oson aniqlashda qo‘l kelmoqda.

Shuningdek, kimyogarlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, zamonaviy yangi texnologiyalardan foydalanishi uchun muntazam o‘qitib kelinmoqda. Albatta, xodimlarning malakasini oshirish ularning o‘z vazifalarini sifatli bajarish, doimo yangilikka intilib mehnat qilishlarida muhim omil bo‘ladi.