E’LON

Во исполнение постановления Президента Республики Узбекистан от 7 марта 2019 года №ПП-4234 АО «Узбекуголь» объявляет конкурс на проведение аудиторской проверки и оказания консультационных услуг. Конкурс объявляется с 26.03.2019г. по 18:00 часов 31.03.2019г.

Все конкурсные предложения должны быть заверены с подписью уполномоченного лица и печатью предприятия.

Срок действия предложений должны быть не менее 3(трех) месяцев со дня окончания приема конкурсных предложений.

Подавая конкурсное предложения участник подтверждает, что ознакомился с техническим заданием на проведение аудиторской проверки и оказания консультационных услуг в отношении АО «Узбекуголь» и требованиям к участникам конкурса. (техническую заданию можно скачать по ссылке).

Претендент должен предоставить коммерческое предложение в адрес: Управление Финансов АО «Узбекуголь» (info@coal.uz)

Контакты:
Иргашев Фазлиддин.
Тел.: (+998) 93 590-56-58; (+998) 97 470-84-10.
Зайнитдин
Тел.: (+998) 93 380-08-18

ТЕХНИЧЕСКОЕ ЗАДАНИЕ
Format: PDF

Prezident «O‘zbekko‘mir»ga professional tashqi boshqaruvchini jalb etish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni ko‘mir qazib olish tarmog‘ini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

«Ko‘mir sanoati energetika ta’minotining ajralmas qismi bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlari, aholining ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq muhim sohalardan biridir. Yurtimizda har yili xonadonlarga 1 million tonna, ijtimoiy soha obektlariga 400 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi. Yangi Angren va Angren issiqlik elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish uchun 4 million tonna ko‘mir yoqiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda konlarning salohiyati yuqori bo‘lsa-da, keyingi yillarda ko‘mir qazib chiqarish rejalari bajarilmayotgani, tarmoqdagi tizimli muammolar bartaraf etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, konlardagi texnika va texnologiyalar eskirgan. Asosiy xomashyo bazasi bo‘lgan Angren konida kon ochish ishlari ortda qolgan. Karerlarning qiyalik burchagi belgilangan me’yordan oshib, qazish ishlari xavfli darajaga yetgan.

Shu kabi masalalarni tez va samarali hal etish uchun «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini professional tashqi boshqaruvga berish mo‘ljallanmoqda.

Yig‘ilishda Angren konidagi holatni yaxshilashga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Angren konini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, unda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yaqin va uzoq istiqbolda ko‘mirga bo‘ladigan talabini maksimal darajada qoplashni nazarda tutish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy barqarorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Moliya va Energetika vazirliklariga ko‘mir narxi tariflarini optimallashtirish, tarmoqning rentabelligini oshirib, investitsiya xarjatlarini qoplash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Kon ochish ishlarini samarali tashkil etish uchun transport vositalari parkini yangilash lozimligi qayd etildi. Mutasaddilarga zarur samosval va boshqa maxsus texnikalarni eng maqbul takliflar asosida xarid qilish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, qazib olish ishlariga jalb qilingan, lekin bugungi kunda shart bo‘lmagan texnikalardan voz kechib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Angren konining janubiy chegarasiga yaqin joyda yashayotgan aholining xavfsizligini ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Yuqorida qayd etilgan masalalar, xususan, «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish, bu borada professional tashqi boshqaruvchini jalb etish, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga topshiriqlar berildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

https://kun.uz/uz/76766215