2019 yil yanvar-sentyabr oylari uchun ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining bajarilishi to’g’risida ma’lumot.

Ҳисобот даврида кон юзасини очиш ишлари режаси 22,3 млн. куб метр қилиб белгиланган, амалда 15,4 млн. куб метр (режага нисбатан 68,8 %) ишлар бажарилган, шу жумладан, “Ўзбеккўмир” жамиятида 14,7 млн. куб метр (70,5%) ва “Шарғункўмир” корхонасида 0,7 млн. куб метр (45,8 %). Ўтган йилнинг мос даврига нисбатан қатламни очиш ишлари 3,4 млн. куб метрга ёки 127,7 %га кўп бажарилган.

Ҳисобот даврига белгиланган 3 799 минг тонна кўмир қазиб олиш режаси амалда 2 702,7 минг тоннага ёки режага нисбатан 71,1 %га бажарилган бўлиб ўтган йилга нисбатан ўсиш суръати 93% ни ташкил қилган, шундан “Ўзбеккўмир” АЖ 2 542.4 минг тонна (73,5%) “Шаргункўмир” АЖ 160,3 минг тонна (47,1%).

Ҳисобот даврида режалаштирилган 3 954,8 минг тонна кўмир ортиш режаси амалда 2 912,9 минг тонна ҳажмда кўмир ортилган, режага нисбатан 73,7%, ўсиш суръати 87% ташкил килди.

“Ўзбеккўмир” АЖ томонидан жорий йилнинг 9 ойи мобайнида баланс кўрсаткичлари бажарилиши ҳолати таҳлили:

Номи Ўлчов бирлиги 2018 йил 9 ойлик факт 2019 йил 9 ойлик %, ўсиш
режа факт фарқ %, бажариш
Ер усти очиш ишлари, жами минг м3 12 048,5 22 347,0 15 383,3 -6 963,7 68,8 127,7
жумладан
автомобил орқали минг м3 5 609,4 9 397,0 9 088,3 -308,7 96,7 162,0
темир йўл орқали минг м3 5 394,1 7 550,0 5 203,7 -2 346,3 68,9 96,5
конвейер орқали минг м3 1 045,0 5 400,0 1 091,3 -4 308,7 20,2 104,4
Кўмир қазиб олиш минг тн. 2 908,4 3 799,0 2 702,7 -1 096,3 71,1 92,9
Кўмир етказиб бериш минг тн. 3 347,1 3 954,8 2 912,9 -1 041,9 73,7 87,0
жумладан
ички истеъмол учун минг тн. 1,7 2,3 1,7 -0,6 73,9 100,0
“ИЭС” АЖ минг тн. 2 469,5 2 796,0 2 402,3 -393,7 85,9 97,3
“Темирйулёнилгитаъмин” бошқармаси орқали минг тн. 795,0 983,0 408,8 -574,2 41,6 51,4
бюджет ташкилотлари учун минг тн. 506,8 366,0 276,2 -89,8 75,5 54,5
жумладан, кўмир

брикетлари

минг тн. 217,5 261,0 165,6 -95,4 63,4 76,1
ахоли учун минг тн. 288,2 617,0 132,6 -484,4 21,5 46,0
жумладан, кўмир

брикетлари

минг тн. 65,6 183,0 25,6 -157,4 14,0 39,0
Биржа савдолари орқали

етказиб бериш

минг тн. 76,8 173,5 95,7 -77,8 55,2 124,6
Ажратилинмаган захира минг тн. 4,1 4,4 4,4 107,3

 

2019 йил 9 ойлиги якунларига кўра, Инвестиция дастурининг манзилли рўйхатига жамият томонидан амалга оширилаётган 2 та лойиҳа бўйича режалаштирилган 20,67 миллион АҚШ долларилик маблағ ўрнига жами
29,43 миллион АҚШ долларилик маблағ ўзлаштирилди ёки ҳисобот даврига нисбатан 142% (йиллик кўрсаткичга нибатан 88%)ни ташкил этади.

“O‘zbekko‘mir” AJ yangi BELAZ bilan ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4234-sonli ““O‘zbekko‘mir” AJ boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaror ijrosini ta’minlash, ko‘mir qazib olish tizimini takomillashtirish, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJga Belarus davlatidan 15 ta “BELAZ-75131” rusumli yuk tashuvchi og’ir texnika keltirildi.

Ushbu texnikalardan Angren ko‘mir konining yuqori qatlamni ochish ishlarida samarali foydalanish ko‘zda tutilgan. “BELAZ” rusumli yuk tashuvchi transport vositasini yig’ish ishlari uchun belaruslik va mahalliy mutaxassislardan iborat 2 ta ishchi guruh tashkil etilgan edi.

“БЕЛАЗ-75131″ so’nggi rusumdagi Cummins KTA50-C двигатели o’rnatilgan bo’lib, 130-136 tonna yuk ko’tarish imkoniyatiga ega. Rul chambaragi gidravlik boshqaruv asosida ishlaydi. Yirik texnik sof og’irligi 107 100 tonnani tashkil etadi. Мазкур ЮК ташувчи транспорттига 33.00-51; 33. 00R51; 36/90-51 о’альчамдаги шиналар о’рнатилган. “БелАЗ” Ning balandligi 5900 (±80sm), uzunligi 12050 (±100sm) ga teng. Yoqilg’i bakining hajmi 1900 litr. To‘rtta tomonidan atrofni tasvirga olib bir vaqtning o‘zida boshqaruv bo‘linmasiga uzatuvchi kameralar bilan jihozlangan ushbu og’ir yuk tashuvchi transport vositasi haydovchiga atrofni qiyinchiliklarsiz nazorat qilishni kafolatlaydi.

Shu kungacha “O‘zbekko‘mir” AJ tarkibida 30, 45 va 110 tonna yuk ortish imkoniyatiga ega BelAZ yuk tashuvchi texnikalari mavjud edi. Endilikda aksiyadorlik jamiyati 136 tonnalik gigant avtomobilga ham ega bo‘ldi.

“BELAZ” OAJ bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra yana 8 ta ana shunday yirik yuk tashish transportini olib kelish rejalashtirilgan.

Malumot uchun: “BELAZ” katta yuk mashinalari Minskdan 60 km masofada joylashgan Zhodino zavodida ishlab chiqariladi. U erda mashina yig’iladi, tekshiriladi va xaridorga yuk tashish uchun qayta ishlanadi. Misol uchun, demontaj qilingan 130 tonna avtomobil uchta temir yo‘l platformasini egallaydi. Заводдаги mutaxassislar rahbarligida karyerda mashina qayta yig’iladi. “BELAZ”ni yig’ish uchun 5 kundan ortiq vaqt talab qilinmaydi, 3 – 4 kun tanani payvandlash uchun ketadi. 8-10 kundan so’ng to’liq yig’Ilgan va yaxshi tashkil etilgan damperli yuk mashinasi ishga tushiriladi. Янги машиналар йиг’илгандан со’НГ альбатта синовдан о’казилади. “БелАЗ” 80% юкланиш Билан то’хтовсиз 100 Машина соати ишлаши керак.

“ENG NAMUNALI BOShLANG‘ICh KASABA UYuShMA TAShKILOT” KO‘RIK TANLOVI

2019 yilning may oyida “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi filiallar kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31 martdagi 21-52 “s”-sonli qarori hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbariyatining 2019 yil 30 apreldagi BM-03/547 va “O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Rayosatining 2019 yil 2 maydagi 26-20 “s”-sonli “Tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Rayosatining 2019 yil 03 maydagi 17-8 “s”-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga binoan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovini o‘tkazishda “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan filiallar kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini namunali tarzda yo‘lga o‘yishda yuqori ko‘rsatgichlarga erishayotgan, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha turli loyixalarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan tuzilmalarni rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslari va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga bag‘ishlandi.

Ko‘rik tanlovda “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi barcha filiallar kasaba uyushma tashkilotlari qatnashdilar. Tasdiqlangan Nizom asosida tayyorlangan va taqdim qilingan xujjatlar Ishchi-guruh tomonidan chuqur o‘rganib chiqildi. G‘oliblarni aniqlashda quyidagilarga:
– Kasaba uyushma tashkilotlarida yig‘ilishlarni o‘tkazilishida Ustav
Talablariga qat’iy rioya qilinishi;
– Ish rejalarining tuzilishi va ularni yil davomida to‘liq
bajarilishi;
– Jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida kasaba uyushma
tashkilotlari tomonidan olib borilgan nazorat ishlari;
– Kasaba uyushma tashkilotiga tegishli bo‘lgan xujjatlarni
yuritilishi;
– Kasaba uyushma a’zolarini sog‘lomlashtirish, sanatoriylarga
yo‘llanmalar bilan ta’minlanishi, moddiy yordamlar ko‘rsatilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga sharoitlar yaratilishi, spartakiadalar o‘tkazilishi;
– “KOINOT” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi – xodimlarning bolalarini sog‘lomlashtirish ishlarini bajarilishi;
– Kasaba uyushma a’zolari uchun sayohatlar tashkillashtirilishi, turli mavzulardagi davra suxbatlari, uchrashuvlar, ma’naviyat soatlarini o‘tkazilishi;
– Filiallarda ma’naviyat xonalarini tashkil qilinishi, Mustaqillik yillarida chop etilgan asarlar bilan boyitilishi, kitobxonlikni tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
– Filialda mehnat muxofazasi talablarini bajarilishi, baxtsiz xodisalarni yuz berishini oldini olish bo‘yicha bajarilgan ishlar;
– Kasaba uyushma a’zolarini ijtimoiy himoyalash, murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal qilinishi;
– Filialda xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar;
– Yoshlar siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar;
– “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha bajarilgan ishlar;
– Kasaba uyushma faollari bilan olib borilayotgan ishlar;
– Kadrlar qo‘nimsizligini bartaraf etish bo‘yicha va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida o‘tkazilgan ko‘rik tanlov bo‘yicha 1-o‘rin “Avtomobil va texnologik transporti boshqarmasi” filiali kasaba uyushmasi tashkilotiga, 2-o‘rin “Angren ko‘mir koni” filiali kasaba uyushmasi tashkilotiga 3-o‘rin esa “Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali kasaba uyushmasi tashkilotiga nasib etdi. Faxrli o‘rinni egallagan kasaba uyushma tashkilotlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘olibi – “Avtomobil va texnologik transporti boshqarmasi” filiali kasaba uyushma tashkilotining xujjatlari 2 – bosqichda qatnashish uchun yuqori tashkilotga taqdim etilishi belgilandi.