“Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishda aytgan ushbu so‘zlari o‘sib kelayotgan yosh avlodni g‘oyatda ruhlantirib yubordi. Joriy yilning 7 fevral kuni Toshkent viloyati yoshlari bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ham aynan Yurtboshimizning nutqi hamda Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar masalalariga bag‘ishlandi.

Хостинг картинок yapx.ru

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston XDP fraksiyasi, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh yoshlar ham faol ishtirok etdi.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Bosh direktor Alisher Odilov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratilmoqda, jamiyat ijro apparati tuzilmasida Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi, filiallarda boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Bu esa yoshlarning ishlab chiqarishda yanada faol bo‘lish bilan birga sport va jamoat ishlarida ham o‘z salohiyatlarini tobora yaqqol namoyish etish imkoniyatini kengaytirmoqda. Xususan, o‘tgan 2019 yilda jamiyat yoshlari voleybol sport turi bo‘yicha Bosh vazir kubogini qo‘lga kiritdi. Tadbirda so‘z olgan Jamiyat yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi Davron Abdurahmonov bu haqda mamnuniyat bilan ta’kidladi. Jamiyat filiallarida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgani, bu borada “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali boshlig‘i, xalq deputatlari Angren shahar kengashi deputati Erkin Ergashevning jonbozligi haqida iliq fikrlar bildirilib, yoshlar faolligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

Хостинг картинок yapx.ru

Ochiq muloqot tarzida samimiy kechgan uchrashuvda “O‘zbekko‘mir” AJ yoshlar vakillari partiya rahbariyati va deputatlar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.