BAHOLOVChI TAShKILOTLAR O‘RTASIDA TANLOV

“Ўзбеккўмир” акциядорлик жамияти янги қурилиш монтаж ишлари бўйича қушма корхона очиш муносабати билан балансидаги бино-иншоотларни ва бошқа мол-мулкларни бозор қийматини аниқлаш мақсадида мустақил баҳоловчи ташкилотлар ўртасида танлов ўтказилиши ҳақида эълон қилади асосий воситалар руйхати иловаси билан жамиятда ташишишингиз мумкин.

Танловда иштирок этиш учун мустақил баҳоловчи ташкилотлар жамиятга қуйидаги ҳужжатларни тақдим қилиши лозим:
– Баҳолаш фаолиятини амалга ошириш ҳуқуқини берувчи лицензия нусхаси;
– Ташкилот устави (барча ўзгартириш ва қўшимчалар билан) нусхаси;
– Ташкилотнинг давлат рўйхатидан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳнома нусхаси;
– Баҳоловчи ташкилотнинг фуқаролик жавобгарлигини суғурта қилиш шартномаси бўйича суғурталовчининг мажбуриятлари кучга кирганлигини тасдиқловчи суғурта полиси нусхаси;
– Баҳолаш ишининг бажарилиш муддати ва хизмат хақи миқдори кўрсатилган тижорат таклифи;
– Лицензияловчи орган томонидан берилган баҳолаш ташкилоти раҳбари ва баҳоловчиларнинг малака сертификати нусхаси.

Тақдим этиладиган ҳужжатлар нусхалари тикилган ҳолда ташкилотнинг асосий муҳри билан тасдиқланган бўлиши шарт.

Тижорат таклифларини қуйидаги манзилга юборишингиз сўралади:
Ўзбекистон Республикаси, Индекс: 110200, Тошкент вилояти, Ангрен шахар, Истиқлол кўчаси 1-уй.

Ташкилотлар ўз таклифларини 25 февралгача тақдим этишлари мумкин.

Маълумот учун телефонлар: (+998 71) 150-39-80, (+998 71) 150-39-89.

Эълон жойлаштирилган сана: 2020 йил 17 феврал.

Ulug‘ shoirlarga ehtirom tadbiri

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavaluddining 579 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Хостинг картинок yapx.ru

“Qurilish-montaj ishlari” filialining muhtasham majlislar zali shu kuni jamiyat korxonalaridan tashrif buyurgan 300 naqarga yaqin ishchi-xodimlar bilan gavjum bo‘ldi.

O‘zbek xalqi ikki buyuk ajdodi bilan cheksiz faxrlanadi. Ulardan biri Mir Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi ulug‘ shoirning izdoshi Zahiriddin Muhammad Boburdir.

Buyuk so‘z san’atkorlari tarixning tub burilish nuqtalarida, millatni birlashtiruvchi, ruhan yuksaltiruvchi badiiy so‘zga kuchli ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keladi. Alisher Navoiy huddi ana shu davrda – 1941 yilda Hirotda tug‘ildi, yashadi, ijod qildi va avlodlar uchun ulkan ma’naviy meros qoldirdi.

Ulug‘ bobomiz ijodda faqatgina o‘zbek tili imkoniyatlari bilan chegaralanib qolmagan, boshqa tillardan ham unumli foydalangan. Olimlarning hisoblab chiqishicha, Pushkin o‘z asarlarida 21ming 197 ta betakror so‘z ishlatgan bo‘lsa, bu raqam Shekspirda salkam 20 mingta, Servantesda o‘n mingtaga yaqinni tashkil etgan. Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘z ishlatgan. Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan…

Zahiriddin Muhammad Bobur tarixda ulug‘ shoh, shoir, olim, tom ma’nodagi buyuk ijodkor bo‘lgan, jahon madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biridir.

Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ana shu ikki buyuk zot, ularning hayoti va tarorlanmas ijodi haqida so‘z yuritildi. Tadbir mehmonlari − viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi Maxliyo Umarovaning Navoiy va Bobur bobomiz haqidagi ulkan ehtiromu hajonga to‘la o‘tli so‘zlari ishtirokchilarni ulug‘ shoirlar ma’naviy olamiga olib kirganday bo‘ldi. Shu boshqarmaning yana bir vakili, xonanda Rustam Boyjigitovning Navoiy va Bobur g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlarni maromiga yetkazib ijro etgani davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbirning yana bir va asosiy mehmoni − Amir Temur, Alisher Navoiy siymolarini kino filmlar va teatr sahnalarida mohirona aks ettirgan ulkan san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov bilan uchrashuv ham ishtirokchilarda ulkan taassurot qoldirdi.