Har yilgidan o‘zgacha

Har yilgi an’anaga ko‘ra “Xotira va qadrlash kuni” hamda konchilarning kasb bayrami arafasida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati f iliallari mehnat jamoalari o‘rtasida sportning oltita turi bo‘yicha spartakiada o‘tkazildi. “Kimyogar” o‘yingohida hamda 4-umumta’lim maktabi zalida o‘tgan sport musobaqalari juda qiziqarli va bahslarga boy bo‘ldi.

Subhidamda saf tortgan jamoalarni Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov, Personallarni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i H.Abdullayev, Bosh yuristkonsult A.Zokirov, “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Atadjanovlar “Xotira va qadrlash kuni” hamda shahrimizda ko‘mir sanoati faoliyatining 70 yilligi munosabati bilan samimiy qutladilar. Ular jamoalarga kasb-korlarida kamolot, ezgu niyatlariga ijobat, salomatlik, tinchlik, oilalariga, yurtimizga farovonlik tiladi.

Shahrimizda ko‘mir koni faoliyatining yetmish yilligi arafasida o‘tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda ishtirok etayotganligimiz, Xotiraning muqaddasligi, inson qadri abadiyligi chin ma’noda e’tirof etilayotgan muborak kunlarda yashayotganimizning o‘zi saodat. Yakdillikda ulkan maqsadlar yo‘lida mehnat qilayotgan ahil jamoamizni qo‘shaloq bayramlar bilan tabriklab, ma’muriyat nomidan barcha ezgu niyatlarimni bildiraman, – dedi Personallarni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i H. Abdullayev.

Sport musobaqasi ko‘tarinki kayfiyatda start oldi. E’tiborli jihati bu yil jamoalar orasida yoshlarning va ilk ishtirokchilarning bisyorligi. “Kimyogar” o‘yingohida asosan badmintonchilar hamda futbol jamoalari bellashdilar. Qolgan sport turlari ishtirokchilari esa stol tennisi, volleybol, shaxmat va shashka bo‘yicha 4-umumta’lim maktabida kuch sinashdi.

Kun bo‘yi davom etgan spartakiada yakunida g‘olib jamoalar hamda yakka tartibda zafar quchib, umumjamoa hisobiga salmoqli hissa qo‘shgan sportchilar bilan tanishing:

Futbol bo‘yicha:
1.”Appartak ko‘mir koni” filiali
2.”Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filiali
3.”Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali

Voleybol bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida)
1.”Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali
2.“Angren ko‘mir koni” filiali
3.”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali

Voleybol bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida)
1.”Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali
2. ”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali
3. “Angren ko‘mir koni” filiali

Stol tennisi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida)
1.N.Isroilov (“Angren ko‘mir koni” filiali)
2.E.Hamdamov (“Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filiali)
3.R.Eshmuratov (”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali)

Stol tennisi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida)
1.A.Nejinskaya (“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filiali)
2.G.Xudayberdiyeva (”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali)
3.K.Madaminova (“Geologiya- razvedka ekspeditsiyasi” filiali)

Badminton bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida)
1.S.Ibragimov (“Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filiali)
2.V.Goncharov (”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali)
3.E.Usmailov (“Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi” filiali)

Badminton bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida)
1.M.Mamatova (“Tog‘ texnologik uskunalarini ta’mirlash zavodi” filiali)
2.A.Pak (“Geologiya- razvedka ekspeditsiyasi” filiali)
3.Sh.Mamataliyeva (“Angren ko‘mir koni” filiali)

Shaxmat bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida)
1.Sh.Mamarazakov (“Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi” filiali)
2.X.Gaziyev (“Tog‘ texnologik uskunalarini ta’mirlash zavodi” filiali)
3.F.Mirxoldorov (“Qurilish-montaj ishlari” boshqarmasi” filiali)

Shaxmat bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida)
1.O.Soy (Ijro apparati)
2.T.Madaliyeva (“Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filiali)
3. M.Raimova (”Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali)

Shashka bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida)
1.M.Sharipov (“Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filiali)
2.J.Nasriddinov (”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali)
3.Sh.Mamarazakov (“Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi” filiali)

Shashka bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida)
1.D.Axmadamitova (“Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filiali)
2.D.Manazarova (”Temir yo‘l transporti boshqarmasi”) filiali
3.K.Yejkova (“Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi” filiali)

An’anaviy sport bayramida barcha filiallar jamoalari faol ishtirok etishdi. Ular orasida “Appartak ko‘mir koni” hamda ”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filiali jamoalari ayrim sport turlari bo‘yicha ilk bor g‘oliblar shohsupasidan joy olgan bo‘lsa, umumjamoa hisobida birinchi o‘rin “Avtomobil texnologik transporti boshqarmasi” filialiga, ikkinchi o‘rin ”Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filialiga va nihoyat uchinchi o‘rin ”Ko‘mir korxonalari elektr tarmoqlari boshqarmasi” filialiga nasib etdi.

Barcha turlar bo‘yicha bahslar juda qizg‘in va adolatli o‘tdi. Musobaqa qatnashchilari Mustaqillik kuni arafasida o‘tkaziladigan spartakiadada ham yanada kuch-g‘ayrat bilan ishtirok etish istagini bildirib, tashkilotchilarga sport turlarini yanada ko‘paytirish takliflarini kiritdilar.

Tashkilotchilar tomonidan musobaqa ishtirokchilariga “Osiyo” tantanalar majmuasida bayram dasturxoni yozilib, osh tortildi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Spartakiada g‘oliblari Jamiyat ma’muriyati va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining Diplomi va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.