Biz haqimizda

O’zbekiston 1832,8 million tonna ko’mir zaxirasiga ega bo’lib, shundan qo’ng’ir ko’mir – 1786,5 million tonna, tosh ko’mir – 46,3 million tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari chamadagi resurslar 323,4 million tonnadan oshiq ko’mirni tashkil etadi. Tosh ko’mirning katta zaxiralari janubiy tumanlarda – Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Hozirgi vaqtda ko’mir qazib olish ishlari 3 ta ko’mir konlarida olib borilmoqda: Angren qo’ng’ir ko’mir konida, Sharg’un va Boysun tosh ko’mir konlarida.

panoram+

Asosiy faoliyat

O’zbekiston Respublikasi hududida ko’mir va kaolin qazib olish.
Ko’mir konlarini ochiq va yerosti usulida o’zlashtirish.

about1

“O’zbekko’mir” AJ yiliga 3 mln tonnadan ortiq ko’mir qazib olmoqda (2014 yil 1 yanvar holati bo’yicha 3,8 mln.tonna). Ko’mir yoqilg’isining asosiy iste’molchisi issiqlik elektro-stansiyalari bo’lib, uning ulushi umumiy zaxiraning 85 foizidan ortig’ini tashkil qiladi. Qattiq yoqilg’iga bo’lgan talabni sanoat, ijtimoiy va kommunal sohalar, hamda aholi shakllantiradi.

Ko’mir sanoati ustuvor rivojlanishining asosiy omilini – elektr quvvatini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlari kabi energetik resurslarning ichki bozoridagi o’rnini bosishining muvofiqligidir. O’zbekiston energetika balansidagi ko’mir yoqilg’isining ulushi ortishi belgilamoqda.


Ko’mir qazib olishni O’zbekistonda quyidagilar amalga oshirishadi:

“O’zbekko’mir” AJ – Angren ko’mir konida faoliyat yuritib: 
- “Angren ko’mir koni” filiali orqali – ochiq usulda 
- “Yer osti usuli bilan ko’mirni qazib olish boshqarmasi” filiali orqali – yer osti usulida qo’ng’ir ko’mir qazib olmoqda

“Apartak” AJ – ‘‘Apartak” ko’mir konida qo’ng’ir ko’mir ochiq usulda qazib olinmoqda.

“Sharg’unko’mir” AJ – Sharg’un va Boysun ko’mir konlarida tosh ko’mir qazib olinadi va tosh ko’mirning bir qismi briket ishlab chiqarishga yo’naltiriladi.

“Yerosyigaz” AJ - Angren qo’ng’ir ko’mir konida, yer ostida, ko’mirni gazlashtirish usuli bilan faoliyat olib bormoqda.