VOLEYBOL: TEMIRYOʻLCHILAR ‒ GʻOLIB
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 05:11:36"Oʻzbekkoʻmir" AJ "Temir yoʻl transporti" filiali bazasida 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab xotin-qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha turnir oʻtkazildi.
Turnirda "Temir yoʻl transporti", "Angren koʻmir koni" "Shaxta usulida koʻmir qazib olish", "AVTOMOBIL texnologik transporti", "Moddiy taʼminot va ijtimoiy soha" "Togʻ-kon uskunalarini taʼmirlash zavodi, "Kapital qurilish", "Qurilish-montaj ishlari", "Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiallaridan toʻqqiz jamoa ishtirok etdi. Sport tadbiri tashkilotchisi "Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi boʻldi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari Elvira Yusupova va Olga Safronova oʻyinning borishini diqqat bilan kuzatishdi. Filiallarning voleybol boʻyicha ayollar jamoalari vakillari ishtiyoq bilan oʻynashdi va shu qadar shijoatli va faol boʻlishdiki, hakam Elvira Yusupovaning ogohlantirish hushtaklarini ham eshitmadilar. Toʻp toʻgʻri berilganmi, intizom "choʻloq"mi, umuman ahamiyati yoʻq edi, eng muhimi, ayollar gʻalaba uchun chin dildan intilishdi, koʻtarinki ruhda oʻynashdi.
Turnir natijalari uzoq kutilmadi: faxrli birinchi oʻrinni mezbonlar ‒ "Temir yoʻl transporti" filiali voleybolchi ayollar jamoasi qoʻlga kiritdi.
Iikkinchi oʻrin haqli ravishda "Angren koʻmir koni", uchinchi oʻrin esa "Energiya va telekomunikatsiya tarmoqlari" filiali jamoasiga nasib qildi.
Tadbir yakunida Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qamov gʻoliblarni gʻalaba bilan tabriklab, ular pul mukofotlari bilan taqdirlanganini maʼlum qildi.
Diana ANDREYEVA
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish