“ENG NAMUNALI BOShLANG‘ICh KASABA UYuShMA TAShKILOT” KO‘RIK TANLOVI

2019 yilning may oyida “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi filiallar kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31 martdagi 21-52 “s”-sonli qarori hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbariyatining 2019 yil 30 apreldagi BM-03/547 va “O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Rayosatining 2019 yil 2 maydagi 26-20 “s”-sonli “Tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Rayosatining 2019 yil 03 maydagi 17-8 “s”-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga binoan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovini o‘tkazishda “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan filiallar kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini namunali tarzda yo‘lga o‘yishda yuqori ko‘rsatgichlarga erishayotgan, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha turli loyixalarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan tuzilmalarni rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslari va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga bag‘ishlandi.

Ko‘rik tanlovda “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi barcha filiallar kasaba uyushma tashkilotlari qatnashdilar. Tasdiqlangan Nizom asosida tayyorlangan va taqdim qilingan xujjatlar Ishchi-guruh tomonidan chuqur o‘rganib chiqildi. G‘oliblarni aniqlashda quyidagilarga:
– Kasaba uyushma tashkilotlarida yig‘ilishlarni o‘tkazilishida Ustav
Talablariga qat’iy rioya qilinishi;
– Ish rejalarining tuzilishi va ularni yil davomida to‘liq
bajarilishi;
– Jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida kasaba uyushma
tashkilotlari tomonidan olib borilgan nazorat ishlari;
– Kasaba uyushma tashkilotiga tegishli bo‘lgan xujjatlarni
yuritilishi;
– Kasaba uyushma a’zolarini sog‘lomlashtirish, sanatoriylarga
yo‘llanmalar bilan ta’minlanishi, moddiy yordamlar ko‘rsatilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga sharoitlar yaratilishi, spartakiadalar o‘tkazilishi;
– “KOINOT” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi – xodimlarning bolalarini sog‘lomlashtirish ishlarini bajarilishi;
– Kasaba uyushma a’zolari uchun sayohatlar tashkillashtirilishi, turli mavzulardagi davra suxbatlari, uchrashuvlar, ma’naviyat soatlarini o‘tkazilishi;
– Filiallarda ma’naviyat xonalarini tashkil qilinishi, Mustaqillik yillarida chop etilgan asarlar bilan boyitilishi, kitobxonlikni tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
– Filialda mehnat muxofazasi talablarini bajarilishi, baxtsiz xodisalarni yuz berishini oldini olish bo‘yicha bajarilgan ishlar;
– Kasaba uyushma a’zolarini ijtimoiy himoyalash, murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal qilinishi;
– Filialda xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar;
– Yoshlar siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar;
– “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha bajarilgan ishlar;
– Kasaba uyushma faollari bilan olib borilayotgan ishlar;
– Kadrlar qo‘nimsizligini bartaraf etish bo‘yicha va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida o‘tkazilgan ko‘rik tanlov bo‘yicha 1-o‘rin “Avtomobil va texnologik transporti boshqarmasi” filiali kasaba uyushmasi tashkilotiga, 2-o‘rin “Angren ko‘mir koni” filiali kasaba uyushmasi tashkilotiga 3-o‘rin esa “Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali kasaba uyushmasi tashkilotiga nasib etdi. Faxrli o‘rinni egallagan kasaba uyushma tashkilotlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘olibi – “Avtomobil va texnologik transporti boshqarmasi” filiali kasaba uyushma tashkilotining xujjatlari 2 – bosqichda qatnashish uchun yuqori tashkilotga taqdim etilishi belgilandi.