Bosh direktor

“O’zbekko’mir” AJ bosh direktori quyidagi vazifalarni tashkil qiladi va ular uchun javob beradi:

  • Quyi bo’linmalarning umumiy boshqaruvi va faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, bosh direktorning iqtisod bo’yicha o’rinbosari bilan Iqtisodiyot Vazirligi, Moliya Vazirligi bilan bog’liq masalalarni, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi bilan “O’zbekko’mir” AJning tashqi iqtisodiy aloqalarini tashkil qilish masalalarini hal qiladi;
  • Ko’mir sohasining qisqa va uzoq muddatli bashoratli va maqsadli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ko’mir qazib olish va istemoli balansini shakllantirish;
  • Ko’mir sanoati korhonalarini zamonaviy jihozlar va peshqadam texnologiyalar bazasida, shu jumladan chet davlatlar sarmoyalarini jalb qilish xisobiga rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, texnik qayta qurollantirish amalga oshirish; sermaxsul texnologiyalarni va ko’mir havzalarini ishlab chiqish metodlari va ko’mir qazib olishni kengaytirishni tadbiq etish; iqtisodiyotni va respublika iste’molchilarini ko’mir maxsuloti bilan uzluksiz ta’minlash.
  • Ishchilarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlaydi;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmoyishlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlis bayonlari qarorlari, aksiyadorlar yigilishlari va Kuzatuv kengashi qarorlarini bajarish.
  • “O’zbekko’mir” AJ Biznes-rejasini shakllantirishni tashkil qiladi.
  • Be’vosita ijroiya apparati quyi bo’linmalarini boshqaradi: Markaziy Buxgalteriya va Moliya bo’limini(moliyaviy oqimlarni taqsimlash masalasida), yuridik bo’limni, investitsiyalar(sarmoya) tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish va istiqbolli rivojlanish Departamentini, texnik nazorat xizmatini.
  • Kuratorlik qiladi: “Kapital qurilish boshqarmas” filiali va “Ko’mirkonqurilish” UK, “Sharg’unko’mir” AJ va “Apartak” MChJ ishlariga.