Jamiyat

“O‘zbekko‘mir” AJ huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 iyundagi 290-sonli Qaroriga muvofiq, 1994 yilda SSSR ko‘mir sanoati vazirligining “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil qilingan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasidan qayta tashkil qilish orqali belgilangan.


panoram+

Asosiy faoliyat

– O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘mir va oqgil (kaolin) qazib olish;
– Konlarga ochiq va yerosti usullarida ishlov berish.

about1

Har yili “O‘zbekko‘mir” AJ 3 mln. tonnadan ortiq ko‘mir qazib oladi. Elektr-energetika sektori ko‘mir yonilg‘isining asosiy iste’molchisi bo‘lib, umumiy ko‘mir iste’molining 85 foizidan ortig‘i ushbu tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy va kommunal xo‘jalik sohasi, aholi ham qattiq yonilg‘iga talabni yuzaga keltiradi.

Ichki bozorda elektr energiyani ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlari kabi energetik resurslar o‘rniga ishlatish maqsadga muvofiqligi, O‘zbekiston energetik balansi tarkibida ko‘mir ulushining oshirilishi ko‘mir sanoati ustuvor rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi.



um-uz

O’zbekiston Respublikasi hududida ko’mir qazib olish quyidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi:

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati (“O‘zbekko‘mir” AJ) – “Angren” va “Apartak” konlaridan ochiq usulda, “Yerosti ishlari” filialida shaxta usulida qo‘ng‘ir ko‘mir qazib oladi.

“Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati (“Sharg‘unko‘mir” AJ) – Sharg‘un va Boysun toshko‘mir konlari: qazib olingan ko‘mirni qisman toshko‘mirga qayta ishlash orqali yerosti usulida qazib oladi.

“Yerostigaz” aksiyadorlik jamiyati (“Erostigaz” AJ) – Angren ko‘mir havzasidan yoqilg‘ini yerosti gazga aylantirish usulida qazib oladi.

“O‘zbekko‘mir” AJ tarkibida quyidagi filiallar faoliyat olib bormoqda:

“Angren ko‘mir koni” filiali ko‘mir va kaolin hamda boshqa birga uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek boshqa turdagi xizmatlar va ishlarni bajaradi.

“Appartak ko‘mir koni” filiali ko‘mir va boshqa foydali qazilmalar qazib olish faliyati bilan shug‘ullanadi.

“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali ko‘mir va birga uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berishga yo‘naltirilgan ishlarni olib boradi.

“Temir yo‘l transportini boshqarish” filiali temir yo‘l orqali yuk tashishlar, temir yo‘llar va aloqa tarmoqlari qurilishi, harakatdagi sostavni ta’mirlash bilan shug‘ullanadi.

“Tog‘-kon uskunalarini ta’mirlash zavodi” filiali ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari, elektr uskunalarning to‘liq va joriy ta’mirlanishini bajarish, nostandart uskunalarni tayyorlash, ochiq kon ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlarni va tog‘-kon asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, gazsimon kislorodni ishlab chiqarish, shuningdek mahsulotlarni yetkazib berish ishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatni va boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradi.

- “Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali tovar-moddiy boyliklar va resurslarni xarid qilish, yetkazib berish va sotish, shunikdek jamiyatga qararshli ijtimoiy soha faoliyatini muvofiqlashtirish bilanshug‘ullanadi.

- “Avtomobil-texnologik transporti” filiali avtomobil xizmatlari va mexanizmlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi, yuk va yo‘lovchi tashish transportlari yordamida tegishli transport xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

- “Energiya va telekommunikatsiya tizimlai” filiali elektr energiyasini uzatish, qayta hosil qilish va taqsimlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

“Qurilish-montaj ishlari” filiali. Mazkur tashkilot kapital qurilish va ta’mirlash bo‘yicha doimiy ishlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarish ob’ektlari, avtomobil yo‘llari, konveyer liniyalari va tabiiy suvni chiqarib tashlaydigan moslamalar qurilishini, texnik qayta ta’minlash rekonstruksiyalanishini olib boradi. Asosiy qurilish ishlari “O‘zbekko‘mir” AJ ob’ektlari hisoblanadi.

“Kapital qurilish” filiali. Jamiyat korxonalari buyurtmalari asosida yillik manzilli kapital qurilish dasturini shakllantiradi, ushbu dastur asosida amalga oshiiladigan qurilishlar nazaratini tashkil etadi, ob’ektlarni foydalanuvchiga topshiradi.

“Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” filiali Angren ko‘mir havzasida ko‘chkilar bilan bog‘liq xavfsizlikni ta’minlash, yer osti va yer usti suvlarini nazorat qilish, ko‘mir qazib olish jarayonida ko‘mir qatlamlari yotqiziqlariga aniqlik kiritish, nodir va noyob metallarni qidirish bilan shug‘ullanadi. Ekspeditsiya ayni paytda istiqbolli maydonlarda o‘rganish ishlarini ham olib boradi.