Savol-Javob

  • - Ko’mir nima?- Ko’mir – yonilg’i material bo’lib, uning asosiy tarkibiy qismi – uglerod. Ko’mir turlari tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Tabiiy ko’mir turlari: torf, lignit, toshko’mir, antratsit; sun’iy ko’mir turlari: koks, retorta ko’mir, pista ko’mir, ko’mir briketidan iborat. Retorta ko’mir yoritish uchun ishlatiladigan gaz olishda toshko’mir qoldig’i bo’lib, og’ir, zich, aralashmalarsiz, po’lat rangli, galvanik batareyalar qurilmalari uchun ishlatiladi. Pista ko’mir yog’och-taxta chala yonganda uyumlarda yoqish yoki yog’och-taxtani quruq tarkibiy qismlarga ajratish (haydash), ya’ni uni havo yuborilmasdan qizdirish orqali olinadi. Pista ko’mir metallurgiya korxonalari (temir eritish), temirchilik tsexlari (temir bolg’alash), shuningdek temirni payvandlash uchun ishlatiladi. Ko’mirning gazni va ko’plab suyuqliklarni yutish xususiyati undan suyuqliklarni spirt tozalashda hosil bo’ladigan moydan, bo’yoq moddalardan tozalash vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi.

    Pista ko’mirdan qanday yo’nalishlarda foydalanish mumkin?

    – Biz tomonimizdan ishlab chiqariladigan pista ko’mir quyidagilar uchun: kuchli nam tortuvchanligi (gigroskopikligi) tufayli uy qurilishlarida izolyatsiya qilish uchun; metallurgiyada tiklagich vositasi sifatida va pechkalar (kaminlar) o’rnatilgan xonalarni isitish uchun; chorvachilikda ozuqaviy qo’shimchalar sifatida; ochiq havoda taom tayyorlash uchun ishlatiladi.

    - Pista ko’mir qaysi sohalarda ishlatilishi mumkin?

    – Aksariyat hollarda, tayyor pista ko’mir ochiq havoda taom tayyorlash uchun ishlatiladi. Tabiiy yog’och-taxtadan olingan ko’mirdan turli maqsadlarga mo’ljallangan binolar qurilishida izolyatsiya qilish uchun foydalanish mumkin, ushbu material pechkalar (kaminlar) o’rnatilgan xonalarni isitish uchun ham ishlatilishi mumkin.