Jamiyat

“O’zbekko’mir” AJ huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 iyundagi 290-sonli Qaroriga muvofiq, 1994 yilda SSRI Ko’mir sanoati vazirligi “O’rtaOsiyoko’mir” Ishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil qilingan “Ko’mir” Aktsiyadorlik birlashmasidan qayta tashkil qilish orqali belgilangan

panoram+

Asosiy faoliyat

– O’zbekiston Respublikasi hududida ko’mir va oqgil (kaolin) qazib olish;

– Konlarga ochiq va yerosti usullarida ishlov berish.

about1

Har yili “O’zbekko’mir” AJ 3 mln. tonnadan ortiq ko’mir qazib oladi. Elektr-energetika sektori ko’mir yonilg’isining asosiy iste’molchisi bo’lib, umumiy ko’mir iste’molining 85 foizidan ortig’i ushbu tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy va kommunal xo’jalik sohasi, aholi ham qattiq yonilg’iga talabni yuzaga keltiradi.

Ichki bozorda elektr energiyani ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlari kabi energetik resurslar o’rniga ishlatish maqsadga muvofiqligi, O’zbekiston energetik balansi tarkibida ko’mir ulushining oshirilishi ko’mir sanoati ustuvor rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’mir tarmog’i rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 06 iyundagi “2013-2018 yillar davrida ko’mir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta ta’minlash va uni balanslangan rivojlantirish dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 161-sonli Qarori bilan belgilangan (o’qilsin).



um-uz

O’zbekiston Respublikasi hududida ko’mir qazib olish quyidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi:

“O’zbekko’mir” Aktsiyadorlik jamiyati (“O’zbekko’mir” AJ) – Angren kul rang ko’mir koni:

– “Angren ko’mir koni” va “Apartak”  kochiq konidan ochiq usulda qazib oladi

– “Erosti ishlari” filiali – yerosti usulida qazib oladi.

“Shargunko’mir” Aktsiyadorlik jamiyati (“Shargunko’mir” AJ) – Shargun va Boysun toshko’mir konlari: qazib olingan ko’mirni qisman toshko’mirga qayta ishlash orqali yerosti usulida qazib oladi.

“Erostigaz” Aktsiyadorlik jamiyati (“Erostigaz” AJ) – Angren kul rang ko’mir koni: yerosti gazga aylantirish usulida qazib oladi.

Bugungi kunda “O’zbekko’mir” AJ tarkibiga bir necha filiallar va qo’shma korxonalar kiradi:

“Angren ochiq koni” filiali ko’mir va kaolin hamda boshqa birga uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olish bo’yicha faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek boshqa turdagi xizmatlar va ishlarni bajaradi.

“Erosti ishlari” filiali ko’mir va birga uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berishga yo’naltirilgan ishlarni olib boradi.

“Temir yo’l transportini boshqarish” filiali temir yo’l orqali yuk tashishlar, temir yo’llar va aloqa tarmoqlari qurilishi, harakatdagi sostavni ta’mirlash bilan shug’ullanadi.

“Zavod RGTO” (tog’-kon-transport uskunalarini ta’mirlash zavodi) filiali ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari, elektr uskunalarning to’liq va joriy ta’mirlanishini bajarish, nostandart uskunalarni tayyorlash, ochiq kon ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlarni va tog’-kon asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, gazsimon kislorodni ishlab chiqarish, shuningdek mahsulotlarni yetkazib berish ishlarini bajarish bo’yicha faoliyatni va boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradi.

“Moddiy-texnik ta’minotni boshqarish” filiali tovar-moddiy boyliklar va resurslarni xarid qilish, yetkazib berish va sotish bilan shug’ullanadi.

“Belazko’mir” filiali avtomobil xizmatlari va mexanizmlar bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshiradi, yuk va yo’lovchi tashish transportlari yordamida tegishli transport xizmatlarini ko’rsatish bilan shug’ullanadi.

“Ko’mirenergo” filiali elektr energiyasini uzatish, qayta hosil qilish va taqsimlash bo’yicha faoliyatni amalga oshiradi.

“Ko’mir kon qurilish” Qo’shma korxonasi. Mazkur tashkilot kapital qurilish va ta’mirlash bo’yicha doimiy ishlarni amalga oshiradi, turli avtomobil xizmatlarini taqdim qiladi, ishlab chiqarish ob’ektlari, avtomobil yo’llari, konveyer liniyalari va tabiiy suvni chiqarib tashlaydigan moslamalar qurilishini, texnik qayta ta’minlash rekonstruktsiyalanishini olib boradi. “Ko’mir kon qurilish” QK “O’zbekko’mir” AJ ob’ektlari asosiy qurilish ishlarini bajaradi.