Mahsulot

Ko’mir mahsulotini xarid qilish shartlari va tartibi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 05 fevraldagi “Mahsulotlar, xom ashyolar va materiallarning yuqori likvidli turlarini realizatsiya qilish bozor mexanizmlarini yanada joriy qilish to’g’risida”gi 57-sonli Qaroriga 3-sonli ilovaning 40-bandiga muvofiq, “O’zbekenergo” DAK elektr stantsiyalari, byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va aholidan tashqari, ko’mirning barcha iste’molchilarga realizatsiya qilinishi birja savdolari orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bunda birja savdolarida ko’mir qazib olish korxonalari sotuvchi, ko’mirdan o’z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi iste’molchilar xaridorlar bo’ladi. Birja savdolarida xarid qilingan ko’mir qayta sotilishi mumkin emas (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 02 iyuldagi 177-sonli Qaroriga 7-sonli ilova).

O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasiga ko’mir hajmlari qo’yilishi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko’mir resurslari va ularni taqsimlash balansi hamda Davlat demonopolizatsiya qilish va raqobatni kuchaytirish qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan jadval bilan nazarda tutilgan hajmlar doirasida amalga oshiriladi, bunda boshlang’ich narxlar sifatida Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Deklaratsiya qilingan narxlar reestriga muvofiq narxlar qo’llaniladi.

Korxonalar va tashkilotlarning ko’mir birja savdolarida qatnashish tartibi va yetkazib beriladigan ko’mir uchun to’lov shartlari O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjalari Qoidalari va birja savdolarida tuziladigan shartnomalar bilan belgilanadi, “O’zbekko’mir” AJ narx belgilanishida va ko’mir birja savdolarida qatnashadigan korxonalarni belgilashda ishtirok qilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 02 iyuldagi 177-sonli Qarori bo’yicha o’zgartirishlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 05 fevraldagi 57-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Moddiy-texnik resurslarning strategik turlarini realizatsiya qilish maxsus tartibi to’g’risida”gi Nizomning 39 va 40-bandlari (O’zbekiston Respublikasi Qarorlar to’plami, 2004 y., 2-son, 10-b.) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«39. Ko’mirni realizatsiya qilish balansda tasdiqlangan tartibga solinadigan narxlar bo’yicha bevosita shartnomalar hajmlariga muvofiq quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. a) yetkazib berilgan ko’mir qiymati yetkazib berilgandan so’ng 60 kun mobaynida to’liq to’langan holda 30 foizli oldindan to’lov ostida: “O’zbekko’mir” AJ hududiy distribyutorlik markazlari orqali byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobiga byudjet tashkilotlariga; «O’zbekenergo» DAK;
  2. b) aholiga “O’zbekko’mir” AJ hududiy distribyutorlik markazlari orqali 100 foizli oldindan to’lov ostida.
  3. Ko’mirni realizatsiya qilish, mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, birja savdolari orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib berish bilan 100 foizli oldindan to’lov ostida amalga oshiriladi. Birja savdolarida ko’mir qazib olish korxonalari sotuvchilar, korxonalar va tashkilotlar – xaridorlar hisoblanadi.

Birja savdolariga qo’yilgan ko’mirning boshlang’ich narxi boshqariladigan narxlar darajasida belgilanadi.

Birja savdolarida xarid qilingan ko’mir qayta sotilishi mumkin emas».

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 fevraldagi “Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va byudjet tashkilotlariga ko’mir realizatsiya qilinishini tartibga solish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 58-sonli Qarori 1, 4-bandlari (O’zbekiston Respublikasi Qarorlar to’plami, 2012 y., 8-9-son, 87-b.) va unga ilova o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

Respublika iste’molchilarini ko’mir mahsuloti bilan ta’minlash SXEMASI

“O’zbekko’mir” AJ hududiy distribyutorlik markazlari va ularning filiallari RO’YXATI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 05 maydagi 57-sonli Qarori | Format: .PDF | 194 kB

2016-yil 1-apreldan O’zbekistin Respublikasi moliya Vazirligi tomonidan yangi deklaratsiyalangan narxlar tasdiqlandi: Qung’ir ko’mir markalariga:

| Format: .PDF | 135 kB

2BPK
2BOMSh
2BOMSh-B1
2BOMSh-B2
2BR
2BR-B1
2BR-B2
- 86220   so’m/t;
– 106830 so’m/t;
– 83700   so’m/t;
– 49440   so’m/t;
– 86200   so’m/t:
– 79500   so’m/t;
– 49440   so’m/t

“O’zbekko’mir” AJ tomonidan hududiy distributer markazlari orqali aholiga va budjet tashkilotlariga sotiladigan ko’mir narxi 146400 sum/t. | Format: .PDF | 130 kB



Ko’mirlarning sifat tavsiflari

Angren koni kul rang ko’mirlari (“O’zbekko’mir AJ)


Shargun va Boysun konlari toshko’mirlari (“Shargunko’mir” AJ)

Ko’mirlar tavsiflarini ko’chirib yozish | Format: ZIP | 237 kB


MAXSUS TAKLIFLAR:

Foydali qazilmalarni ochish ishlarini bajarishda bir vaqtning o’zida yo’lakay ko’p miqdorli oqgil (kaolin) qazib olinadi, ushbu modda sopol, tsement, devorga ishlatiladigan materiallar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.

Biz tomonimizdan qazib olingan oqgil (kaolin) istalgan talab qilinadigan miqdorda yetkazib berilishi mumkin.

Boyitilmagan kaolin tavsifini ko’chirib yozib oling | Format: ZIP | 167 kB


Bir vaqtda yo’lakay qazib olinadigan foydali qazilmalar

Angren konida kaolinlardan tashqari, bir qator boshqa jinslar mavjud bo’lib, ular ham sanoatning turli tarmoqlarida ishlatilishi mumkin: ohaktosh, opoka, kvartsli qumlar, qumoq tuproq.
Ko’mir koni ohaktoshlari alyuminiy oksidi (glinozyom) va qurilish ohagi olish uchun flyus sifatida 500-600 markali portlandtsement ishlab chiqarish uchun yaroqlidir. Bunda Ohangaron tsement zavodi taklif qilinadigan mahsulotning asosiy iste’molchisi hisoblanadi.
Tsement ishlab chiqarish uchun faol mineral qo’shimchalar sifatida qiziqish uyg’otuvchi opok resurslari “Angren” ko’mir ochiq koni bo’yicha eng kamida 12 mln/m3 hajmida baholanadi. Konlardagi zaxirasi taxminan 113 mln/m3 hajmni tashkil qiladigan kvartsli qumlardan g’isht ishlab chiqarishda issiqlikni kamaytiruvchi qo’shimcha sifatida va qoliplash xom ashyosi sifatida gaz-silikatli buyumlar ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin.
“O’zbekko’mir” AJ, O’zbekiston Kimyo-loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti mutaxassislari tomonidan organ-mineral o’g’itlar olishning yangi usuli ishlab chiqilgan. O’g’itlarning organik qismi sifatida ko’mir qazib olish chiqindilari va oldindan biologik tarkibiy moddalar bilan ishlangan boyitilgan ko’mirdan foydalanilgan. Mineral o’g’itlarning umumiy ulushidagi ozuqaviy tarkibiy moddalar miqdori quyidagilarni tashkil qiladi: azot – 30 foizgacha, o’zlashtiriladigan R2O5 – 28 foizgacha, organik qismlar – 35-60 foizgacha. Bundan tashqari, 1 – 4 mm granulalar umumiy ulushi 80 foizni, mahsulot namlik darajasi eng ko’pi bilan 10 foizni tashkil qiladi, mahsulot yopishib ketmaydi, nam tortmaydi (gigroskopik emas). Yangi o’g’itlar texnik sabzavotlar, polizchilik va bog’dorchilik ekinlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan. Ko’mir chiqindilarini qayta ishlashga asoslangan organ-mineral o’g’itlar olish texnologiyasi ushbu o’g’itlarni ishlab chiqarishda maxsus qimmatbaho apparaturadan foydalanishni talab qilmaydi va standart uskunalar ishlatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin bo’lib, bu taklif qilinadigan mahsulotning kerakli raqobatbardoshlilik darajasini ta’minlash imkonini beradi.
Yangi o’g’itlar nafaqat o’simliklar uchun ozuqa moddalari manbai va yerda chirindi birikmalar to’ldirilishi uchun oziqlantiruvchi muhit (substrat) va o’sish stimulyatorlari, balki o’simliklar ildiz tizimlari kasalliklariga qarshi kurashda samarali vosita ham hisoblanadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligida Angren koni ko’mir chiqindilarini qayta ishlashga asoslangan organ-mineral o’g’itlardan foydalanish istiqbollari juda ijobiydir.