Geologiya sohasi xodimlari kasb bayrami
Nashr qilingan sana: 31.03.2023 18:30:18APREL oyining birinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni.
Shu munosabat bilan bugun "Oʻzbekkoʻmir" AJda faoliyat olib borayotgan bir guruh soha xodimlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda jamiyat bosh muhandisi Zafar Inomxoʻjayev koʻmir sanoatini rivojlantirish, jamiyatda qattiq yoqilgʻi qazib olish hajmlarini oshirishda geologlarning xizmati beqiyos ekanligini alohida taʼkidlab, ularni kasb bayrami bilan qutladi.
Tadbirda "Oʻzbekkoʻmir" AJ tizimida faoliyat koʻrsatayotgan geologlarning bir guruhi taqdirlandilar.
Maʼlumot uchun, "Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 20 iyunda qabul qilinib, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda maʼqullangan. Unga koʻra, aprel oyining birinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni etib belgilangan va har yili nishonlab kelinadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Samaradorlik reytingida nechanchi o‘rinni egalladik?
Tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi natijalari e’lon qilindi. 2023 yil natijalari bo‘yicha 95 davlat tashkilotining, jumladan,...
O'qishMuhtojlar xolidan xabar olinmoqda
#Наврўз_йўқлови Yangilanish va yosharish faslining go‘zal bayramlaridan biri, milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati...
O'qishTog‘-kon uskunlarini sozlash zavodi – korxona tayanchi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga 11 ta ishlab chiqarish va yordamchi korxonalar bor. Ko‘mir qazib olishni uzluksiz ta’minlashda eng muhimi “Tog‘-kon uskunal...
O'qishShaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar
Shaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar "Глобус" журнали 18 март 2024 Қазиш ва қата ишлаш Hozirgi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 1...
O'qish