Referendumda kimlar ishtirok etishi mumkin, kimlar bunday huquqqa ega emas?
Nashr qilingan sana: 28.03.2023 15:17:16Shu yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha referendum boʻlib oʻtadi.
Xoʻsh, referendumda kimlar ishtirok etish huquqiga ega, kimlar bunday huquqqa ega emas?
Referendumda ishtirok etish huquqiga oid norma «Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni 6-moddasida oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, referendum oʻtkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi ham referendumda ishtirok etishga toʻla haqli hisoblanadi.
Qonunning mazkur moddasida referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlmaganlar ham koʻrsatib oʻtilgan. Xususan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Yana shuni qayd etish lozimki, mazkur moddaga koʻra, kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
Bir soʻz bilan aytganda, referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan barcha fuqarolar ushbu siyosiy jarayonda faollik koʻrsatib, yangilanayotgan Konstitutsiyamizni qabul qilish yoki qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Bu esa fuqarolarning mamlakat hayotidagi, Konstitutsiyaviy islohotlardagi ishtiroki taʼminlanishiga xizmat qiladi (OʻzA).
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Samaradorlik reytingida nechanchi o‘rinni egalladik?
Tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi natijalari e’lon qilindi. 2023 yil natijalari bo‘yicha 95 davlat tashkilotining, jumladan,...
O'qishMuhtojlar xolidan xabar olinmoqda
#Наврўз_йўқлови Yangilanish va yosharish faslining go‘zal bayramlaridan biri, milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati...
O'qishTog‘-kon uskunlarini sozlash zavodi – korxona tayanchi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga 11 ta ishlab chiqarish va yordamchi korxonalar bor. Ko‘mir qazib olishni uzluksiz ta’minlashda eng muhimi “Tog‘-kon uskunal...
O'qishShaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar
Shaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar "Глобус" журнали 18 март 2024 Қазиш ва қата ишлаш Hozirgi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 1...
O'qish