Surxondaryoda byudjet tashkilotlari mahalliy koʻmir bilan taʼminlanmoqda
Nashr qilingan sana: 05.06.2023 17:14:23Ayni kunlarda "Koʻmir taʼminot" MCHJda respublika byudjet tashkilotlarini mahalliy koʻmir bilan taʼminlash tadbirlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati boʻyicha 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun byudjet tashkilotlari tasdiqlangan reja boʻyicha 36 ming tonna mahalliy koʻmir bilan taʼminlanadi. "Koʻmir taʼminot" MCHJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari Xumoyddin Poʻlatovdan olingan maʼlumotlarga koʻra, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm tizimi hamda kollejlar boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarga har kuni 800 tonnadan 1200 tonnagacha qattiq yoqilgʻi tarqatilmoqda. Mavsum boshidan buyon ularga yetkazib berilgan koʻmir hajmi 30 ming tonnadan ortib ketdi.
Ayni paytda viloyatdagi mavjud 12 hududiy koʻmir omborida 600 tonna zaxira bor. "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan ortib yuborilgan 2 ming tonna koʻmir esa hademay viloyatga kirib boradi.
Maʼlumot uchun, tezkor maʼlumotlarga koʻra, "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan 1-4 iyun kunlari 32, 6 ming tn koʻmir qazib olindi, isteʼmolchilarga ortib yuborilgan mahsulot 57,5 ming tonnani tashkil etdi. Shundan 13,1 ming tonnasi respublika byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun moʻljallangan.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Samaradorlik reytingida nechanchi o‘rinni egalladik?
Tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi natijalari e’lon qilindi. 2023 yil natijalari bo‘yicha 95 davlat tashkilotining, jumladan,...
O'qishMuhtojlar xolidan xabar olinmoqda
#Наврўз_йўқлови Yangilanish va yosharish faslining go‘zal bayramlaridan biri, milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati...
O'qishTog‘-kon uskunlarini sozlash zavodi – korxona tayanchi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga 11 ta ishlab chiqarish va yordamchi korxonalar bor. Ko‘mir qazib olishni uzluksiz ta’minlashda eng muhimi “Tog‘-kon uskunal...
O'qishShaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar
Shaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar "Глобус" журнали 18 март 2024 Қазиш ва қата ишлаш Hozirgi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 1...
O'qish