Yangi mehnat qonunchiligi bo'yicha mehnat va ish haqi bo'limi xodimlari o'qitildi
Nashr qilingan sana: 23.03.2023 09:39:53"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparatida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan “Kadrlar, mehnat va haqi xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Mehnat kodeksining 1995-yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
"PROFACADEMY" nodavlat taʼlim muassasasi oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan mashgʻulotlarda jamiyat tarkibidagi barcha filiallarning xodimlar bilan ishlash boʻlimi, mehnat va ish haqi boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.
Mashgʻulotlarning birinchi kunida tinglovchilar xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar xususida maʼruzalar tingladilar.
Kunning ikkinchi yarmida mashgʻulotlar ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar mavzusi boʻyicha davom etmoqda.
Oʻquv mashgʻulotlarida mutaxassislarining mehnat qonunchiligidagi yangiliklar boʻyicha malakasi oshirildi.
Yakunda tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qishKo‘mir koniga – zamonaviy kon texnikalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnialari ola boshladi. “Avtomobil-texnologik transporti” filiali ra...
O'qishFuqaro muhofazasi oyligi tadbirlari
Respbulikamizda 15 martdan 15 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz va muhtaram konchilar, hurmatli kasaba uyushmalari faollari! Bugun butun islom olamida ulugʻ bayram – Ramazon hayiti! Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib...
O'qish