O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forumi yakunlariga bag‘ishlab “O‘zbekko‘mir” AJda o‘tkazilgan amaliy seminar to‘g‘risida ma’lumot

Seminarni “O‘zbekko‘mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Kayumov ochdi va olib bordi.
“O‘zbekko‘mir” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Kayumov Kasaba uyushmalari faoliyatida 2017 yil 16 iyun kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forum yakunlari bo‘yicha to‘xtalib, amaliy seminarni ochiq deb e’lon qildi, hamda amaliy seminarga taklif etilganlar bilan tanishtirdi.

Amaliy seminarda O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Mavjuda Xamdamovna Xalilova, Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi o‘rinbosari Olimjon Xasanbayevich Topilov, O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Saidmurod Saidmaxmudovich Tuxtayev, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro Antik dunyo ilmiy akademiyasi akademigi Qobilbek Karimbekov ishtirok etdi.

O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Mavjuda Xamdamovna Xalilova Kasaba uyushmalari faoliyatida 2017 yil 16 iyun kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan Forum yakunlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda ko‘maklashish dasturi qabul qilinganligi, ko‘maklashish dasturida belgilangan ustuvor vazifalar, ularni amalga oshirishda kasaba uyushma faollarining o‘rni to‘g‘risida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro Antik dunyo ilmiy akademiyasi akademigi Qobilbek Karimbekov “O‘zbekistonni rivojlantirishning

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan muhokama o‘tkazilib, fikr va mulohazalar almashildi. Amaliy seminar ishtirokchilari o‘zlarin qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kasaba uyushma faoli Zuxriddin Malikov O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forumi ishtirokchilarining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga Murojaati”ni o‘qib eshittirdi.

Amaliy seminar ishtirokchilari O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forumi ishtirokchilarining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga Murojaati” bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda o‘z bilim va salohiyati, g‘ayrat va shijoati, g‘oya va takliflari bilan faol ishtirok etishga, yo‘lboshchimiz atrofida jipslashishga, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bevosita daxldorlikni his qilgan holda mamlakat taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim bo‘lgan bu jarayonda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirishga, bir so‘z bilan aytganda, “bir yoqadan bosh chiqarib” faoliyat yuritishga kelishib oldilar.