“O‘zbekko‘mir” AJ filiallari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan spartakiada to‘g‘risida MA’LUMOT

2017 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarorining ijrosini ta’minlash, “O‘zbekko‘mir” AJ filiallarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni sog‘lomlashtirish, yosh avlodning jismoniy baquvvat va ma’naviy barkamol ruhda tarbiyalash, ishchi-xizmatchilarni sport turlari bilan shug‘ullanishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlab spartakiada o‘tkazildi.

Shahar markazidagi “Kimyogar” o‘yingohida sportning mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton turi bo‘yicha o‘tkazilgan spartakiadada “O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi 14 ta filiallarning jamoalari faol ishtirok etdi.
400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan spartakiada qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi.
Umumjamoa tarkibida:
1-o‘rinni “Avtomobil texnologik transport boshqarmasi” filiali;
2-o‘rinni “Temir yo‘l transporti boshqarmasi” filiali;
3-o‘rinni “Angren ko‘mir koni” filiali qo‘lga kiritdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Kayumov musobaqada 1-, 2-, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar va jamoalarni tabriklab, estalik sovg‘alarini topshirdi. Umumjamoa tarkibida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan filiallar jamoalariga diplom va sovrinlar taqdim etildi.
Spartakiada ishtirokchilari musobaqalarning ko‘tarinki ruhda va do‘stona kayfiyatda o‘tganligini aytib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.