VOLEYBOL: TEMIRYOʻLCHILAR ‒ GʻOLIB
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 15:11:36"Oʻzbekkoʻmir" AJ "Temir yoʻl transporti" filiali bazasida 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab xotin-qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha turnir oʻtkazildi.
Turnirda "Temir yoʻl transporti", "Angren koʻmir koni" "Shaxta usulida koʻmir qazib olish", "AVTOMOBIL texnologik transporti", "Moddiy taʼminot va ijtimoiy soha" "Togʻ-kon uskunalarini taʼmirlash zavodi, "Kapital qurilish", "Qurilish-montaj ishlari", "Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiallaridan toʻqqiz jamoa ishtirok etdi. Sport tadbiri tashkilotchisi "Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi boʻldi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari Elvira Yusupova va Olga Safronova oʻyinning borishini diqqat bilan kuzatishdi. Filiallarning voleybol boʻyicha ayollar jamoalari vakillari ishtiyoq bilan oʻynashdi va shu qadar shijoatli va faol boʻlishdiki, hakam Elvira Yusupovaning ogohlantirish hushtaklarini ham eshitmadilar. Toʻp toʻgʻri berilganmi, intizom "choʻloq"mi, umuman ahamiyati yoʻq edi, eng muhimi, ayollar gʻalaba uchun chin dildan intilishdi, koʻtarinki ruhda oʻynashdi.
Turnir natijalari uzoq kutilmadi: faxrli birinchi oʻrinni mezbonlar ‒ "Temir yoʻl transporti" filiali voleybolchi ayollar jamoasi qoʻlga kiritdi.
Iikkinchi oʻrin haqli ravishda "Angren koʻmir koni", uchinchi oʻrin esa "Energiya va telekomunikatsiya tarmoqlari" filiali jamoasiga nasib qildi.
Tadbir yakunida Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qamov gʻoliblarni gʻalaba bilan tabriklab, ular pul mukofotlari bilan taqdirlanganini maʼlum qildi.
Diana ANDREYEVA
Izohlar
ItsZAfLV
13.12.2022 07:57:32BLxuqsrCtfAjzUQ
13.12.2022 07:57:30Oxirgi yangiliklar:
“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qishKo‘mir koniga – zamonaviy kon texnikalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnialari ola boshladi. “Avtomobil-texnologik transporti” filiali ra...
O'qishFuqaro muhofazasi oyligi tadbirlari
Respbulikamizda 15 martdan 15 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz va muhtaram konchilar, hurmatli kasaba uyushmalari faollari! Bugun butun islom olamida ulugʻ bayram – Ramazon hayiti! Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib...
O'qish