Bosh direktorining iqtisodiyot buyicha o’rinbosari

  • Iqtisodiy va moliyaviy masalalarga, to’lov topshiriqlari, kreditlarni hujjatlashtirish, oylik ish haqqini o’z vaqtida olinishini ta’minlashga javob beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining sarmoya loyihalariga bag’ishlangan yig’ilishlarda qatnashadi;
  • “O’zbekko’mir” AJning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga kuratorlik qiladi.
  • Ijroiya apparatining quyi bo’linmalarini boshqaradi: Markaziy buxgalteriya, moliya bo’limi, taxlil va iqtisodni bashorat qilish boshqarmasi, mulk va qimmatbaho qog’ozlar bilan ishlash hizmat, mehnat aloqalari bo’limi.
  • Barcha filiallar va unitar korxonalar moliyaviy boshqaruvini amalga oshiradi.
  • Ta’minlaydi:
  • Biznes-rejaning “Iqtisod” bo’limini ishlab chiqadi;
  • Bashorat va iqtisod bo’yicha;
  • Chiqim va kirim, daromad, tovar mahsulotining amaldagi va solishtirma narxlaridagi loyihalarini ishlab chiqish va rioya qilish;
  • Narxlar siyosatini taxlil qilish, maxsulotga, ish hajmiga, xizmat va tovar-moddiy boyliklariga narx va tariflarning rioya qilinishi ishlab chiqish va rioya qilish;
  • Texnik qayta qurollantirish va ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilishga yo’naltirilgan aylanma mablag’lar va kreditlar, maqsadli jamg’arma fondlarining maqsadli vaunumli ishlatilishi;
  • Tannarxni pasaytirish monitoringi;
  • Moliyaviy reja va moliyaviy intizomga rioya qilish, daromadlarning o’z vaqtida tushishining nazorati;
  • Debitor va kreditor qarzlarning xosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va uni bartaraf qilishni taxlil qilish va chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • Xisob-kitob siyosati, hujjat aylanuvi jadvalini shakllantirish va ijro etish;
  • Mehnatga xaq to’lash jamg’armasini amaldagi me’yoriy nizomlarga muvofiq qo’llash;
  • Mehnatni me’yorlashni takomillashtirish;
  • Mehnat me’yorlarini bajarish;
  • Soxada iqtisodiy reformani joriy etish;
  • Aksiyalarni sotish va harakatlantirish, davlat mulki va qimmatbaho qog’ozlarni boshqarish;
  • Davlat statistik hisobotlarni olib borish va belgilangan vaqtda O’zbekistor Respublikasi boshqaruv o’rganlariga taqdim etish, axborot bazasini tashkil etish, olib borish va yangilash;
  • Ho’jalik va moliyaviy faoliyatni kompleks taxlil qilish ba choralar aro balans kommisiyasini o’tqazish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va majlis bayoni qarorlari, aksiyadorlar va kuzatuv kengashi yig’ilishlari qarorlari, “O’zbekko’mir” AJning uning vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlarini bajarish.
  • Ijro intizomi ustidan, axborot, hisobotlarning sifatli va o’z vaqtida tayyorlanishi ustidan nazorat qilish.
  • Maxsulot tannarxi va daromadni shakllantirish;
  • Maxsulotni sotishdan tushgan pul mablag’lari, shu jumladan maxsus qo’shimcha to’lov va aksiyalar bo’yicha bashorati vazifalarini (reja) bajarishni ta’minlaydi;
  • Ko’rsatilgan funksional vazifalarning bajarilishiga personal javobgarlikni olib boradi.