Bosh direktorning ta’minot va sotish bo’yicha o’rinbosari

  • Tasdiqlangan balansga muvofiqva Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga binoan istemolchilarga o’z vaqtida va sifatli ko’mir yetkazib berish, shuningdek Respulika iqtisodini kuzgi-kishki mavsumda ishlashi masalasiga bag’ishlangan yig’ilishlarda ishtirok etadi.
  • Ijroya apparati quyi bo’linmalarini boshqaradi:
  • Maxsulotni sotish va yetkazib berish boshqarmasini, ko’mir va kaolinni sifatini nazorat qilish va sertifikasiya, metrologiya xizmati, maxsulot bozorlari va kontraktlar ekspertizasi konyukturasini o’rganish bo’limi;
  • Davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash;
  • «O’zbekko’mir» AJ, «Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi», «Ijtimoiy soxa boshqarmasi»  filiallari, xududiy distribyuter markazlari aktivlari (aksiyalari) joylashtirilgan qo’shma korxonalar ishiga kuratorlik qiladi;
  • moddiy-texnik ta’minot bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, filiallar va quyi bo’linmalarga moddiy-texnik resurslarni sotib olishga shartnomalar rasmiylashtirish, asosiy faoliyat bo’yicha sotib olinadigan import maxuslotlarni olishga bojxona protsedurasini rasmiylashtirish;
  • sotish shartnomalari bo’yicha maxsulot va moddiy-texnik resurslar sotish;
  • ombor xo’jaligini tashqil qilishni nazorat qilish va «O’zbekko’mir» AJ omborlaridagi moddiy-texnik resurslar saqlanishini ustidan nazorat olib borish, shuningdek «O’zbekko’mir» AJda moddiy-texnik resurslarning unumli ishlatilishi ustidan nazorat olib borish;
  • «O’zbekko’mir» AJda bartaraf qilinmagan (nolikvid) moddiy-texnik resurslarning xosil bo’lishini yo’q qilish va ularni sotishni tashkil qilish;
  • tuzilgan birja kontraktlari monitoringi, shuningdek Kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalar bo’yicha;
  • moddiy-texnik ryesurslar bozori konyukturasini, «O’zbekko’mir» AJ extiyojlarini bashorat qilish, jaxon va Respulika maxsulot bozori narxlariga chiqish, ishlab chiqaruvchi-zavod maxsulot yetkazib beruvchilar bilan unumli va davomiy  alokalarni o’rnatish;
  • marketing o’tkazish va maxsulotni tashqi bozorga eksport qilishni tashkil etish;
  • maxsulotni sotish;
  • ko’mir, kaolin va boshqa yo’l-yo’lakay qazib olinadigan foydali qazilmalarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;
  • maxsulot balans resursi va taqsimotini yo’nalishlar va iste’molchilarga qarab ishlab chiqish;
  • ko’mir, birlamchi, ikkilamchi kaolinlarni yetkazib berish jadvali va topshiriqlarini ishlab chiqish, ularni sotish;
  • import bo’yicha shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish, maxsulot sotishga shartnoma tuzish va rasmiylashtirish, ushbu masalalar buyicha O’zbekiston Respublikasi Tashki Iqtisodiy Aloqalar vazirligi bilan o’zaro xamkorlik o’rnatadi;
  • Tuzilgan shartnomalarni xisobga olish va nazorat qilish;
  • Yetkazib berilmay qolgan maxsulotni to’ldirish yuzasidan tezkor choralar ko’rish, transport tashkilotlariga yukni yetkazib berishni kechiktirganligi uchun va boshka shartlarni buzganligi uchun e’tirozlar bildirish;
  • meyoridan ortik tayyor maxsulot qoldiqlarini xosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ishlab chiqish;
  • O’zbekiston Respulikasi birjalari bilan umumiy masalalar yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
  • ishchilarni ishlab chikarishda oziqlantirish, normal turar-joy sharoitlarni yaratib berish, «O’zbekko’mir» AJ ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolariga dam olishni tashkil qilishni va tibbiy xizmatni yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy rivojlanish reja va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bajarish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, farmoyishlari va majlis bayoni qarorlari, aksiyadorlar va Kuzatuv kengashi majlislari qarorlari, «O’zbekko’mir» AJning o’z vakolatiga kiruvchi buyruqlarini bajarish;
  • Ijro intizomini nazorat qilish, kuratorlik qilayotgan yo’nalishlari buyicha axborot va xisobotlarning sifatli va o’z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
  • standartlashtirish, sertifikatlashtirish, maxsulot sifati nazorati va ishlab chikarishni metrologik xizmat bilan ta’minlash ishlarini tashkil qilish.
  • Ko’rsatilgan funksional majburiyatlarning bajarilishiga personal javobgarlik olib boradi.