OzbekkomirAJga ishga joylashish uchun ish qidirayotgan jismoniy shaxsning
shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va undan foydalanish, shuningdek
Ozbekkomir” AJga ishga qabul qilish qoidalari va tartiblari bilan tanishish
huquqini berish boʻyicha
OMMAVIY OFERTA
1.1. Mazkur Oferta Ozbekiston Respublikasining Shaxsga doir malumotlar
togrisidagi qonuni asosida ishlab chiqilgan bolib, Ozbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Qonunlari, shuningdek Ozbekkomir AJning ichki hujjatlariga
asoslanadi
1.2. Ozbekkomir AJga ishga qabul qilish va boshqa lavozimga otkazish
togrisidagi Nizomi Ozbekiston Respublikasi Mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga
hamda Ozbekkomir AJ (keyingi orinlarda Jamiyat deb yuritiladi) ichki
hujjatlariga muvofiq Ozbekkomiraksiyadorlik jamiyatining ijro apparati, tarkibiy
bolinmalari va Komirtaminot MChJga ishga qabul qilish, Jamiyat ishchi-
xodimlarini lavozimdan lavozimga (boshqa ishga) otkazish va rotatsiya qilish tartibini
belgilaydi.
1.3. Jamiyatga ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga (boshqa ishga) otkazish va
rotatsiya qilish ““Ozbekkomir AJga ishga qabul qilish va boshqa lavozimga
otkazish boyicha doimiy komissiya tarkibi tomonidan shaffoflik, xolislik va
oshkoralik asosida amalga oshiriladi.
1.4. ““Ozbekkomir AJga ishga qabul qilish va boshqa lavozimga otkazish
boyicha doimiy komissiya tarkibi tarkibi ushbu Nizomning 1-ilovasi asosida
belgilanadi.
1.5. Jamiyatga ishga qabul qilish, bo'sh ish o'rinlari va kadrlarga bo'lgan ehtiyoj
mavjud bo'lganda amalga oshiriladi.
1.6. Bosh direktor va bosh direktor orinbosarlari lavozimlariga ishga qabul qilish
tegishli qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan tartibda, Jamiyat Ustavi asosida amalga
oshiriladi.
1.7. Ishga qabul qilish 50 balllik tizimda tanlov asosida uch bosqichda amalga
oshiriladi. Minimal o'tish balli - 35 ball.
Birinchi bosqich: hujjatlarning muvofiqligi
Ikkinchi bosqich: nazariy bilimlarni test orqali tekshirish. 0-25 ball
- asosiy kasb bo’yicha berilgan 10 ta savoldan har bir to’g’ri javob uchun 2
balldan, 5 ta umumiy savollar bo’yicha esa 1 balldan baholanadi;
- o'tish balli mos ravishda 18 ball.
Uchinchi bosqich: suhbat 0-25 ball.
1.8. ABKM yollanmasi bilan ishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich: hujjatlarning muvofiqligi
Ikkinchi bosqich: suhbat
1.9. 7-ilovada va 10-ilovada ko‘rsatilgan kasb va lavozimlar bo‘yicha ishga qabul
qilish 20 ballli tizimda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Minimal o'tish balli - 15 ball.
Birinchi bosqich: hujjatlarning muvofiqligi
Ikkinchi bosqich: suhbat 0-20 ball.
1.10. Idoraviy qo‘riqlash bo‘limiga ishga qabul qilish ushbu Nizomning 4-bo’limi -
“O‘zbekko’mir” aksiyadorlik jamiyatining idoraviy qo‘riqlash xizmatiga ishga qabul
qilish tartibi” asosida 70 balllik tizimda tanlov asosida to‘rt bosqichda amalga
oshiriladi. Minimal o'tish balli - 55 ball.
Birinchi bosqich: hujjatlarga talablar
Ikkinchi bosqich: jismoniy tayyorgarlik 0-15 ball
- minimal o'tish balli - 10 ball
Uchinchi bosqich: nazariy bilimlarni test orqali tekshirish. 0-25 ball
- asosiy kasb bo’yicha berilgan 10 ta savoldan har bir to’g’ri javob uchun 2
balldan, 5 ta umumiy savollar bo’yicha esa 1 balldan baholanadi;;
- o'tish balli mos ravishda 18 ball
To'rtinchi bosqich: suhbat 0-30 ball.
1.11. Jamiyatga ishga qabul jarayonida nazariy bilimi tekshirilib, Nizomda
belgilangan o’tish ballidan 1 ball kam ball olgan nomzodlarni, suhbatga jalb qilgan
holda kasb bo’yicha qo’shimcha nazariy bilimini tekshirish uchun og’zaki savol
beriladi va to’laqonli javob olgan taqdirda ishga qabul qilish masalasi komissiya
tomonidan ko’rib chiqiladi. Kuchli ishlab chiqarish zaruriyati bo’lgan hamda kamchil
(defitsit) kasblarga nomzodlarni ko’rib chiqish jarayonida ham komissiya o’tish
balidan bir necha ball kam yiqqan biroq ma’lum bir ish staji va ko’nikmalarga ega
nomzodlarni ish jarayonida malakasini oshirish yoki ustoz biriktirish sharti bilan ishga
sinov muddatini o’rnatgan holda qabul qilish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
1.12. Atamalar:
Murojaatchi - korxonaning bo'sh ish orniga (vakant) nomzod bo'lishni
xohlovchi jismoniy shaxs;
Nomzod - korxonaning bo'sh ish orniga (vakant) talablariga javob beradigan,
ishga joylashish uchun ariza beruvchi jismoniy shaxs;
Murojaatchining hujjatlarini o'rganish, qayta ishlash va saralash bo'yicha
mutaxassis (keyingi o'rinlarda mutaxassis deb yuritiladi) jamiyatning PB
va KTB xodimi yoki ushbu ishni bajarish uchun tayinlangan jamiyatning boshqa
xodimi;
Vakansiya korxonada mavjud bo'sh ish orni (joyi);
Qabul komissiyasining kotibi (keyingi o'rinlarda kotib deb yuritiladi) -
tanlov komissiyasining tashkilotchisi, tanlov komissiyasining barcha hujjatlarini
yuritish va saqlash uchun mas'ul shaxs;
Ishga joylashish uchun Yollanma (keyingi oʻrinlarda yoʻllanma) - Aholi
bandligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ijtimoiy
himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan, mehnat faoliyatini amalga
oshirishga qodir boʻlmagan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha
olmaydigan shaxslarga beriladigan maxsus shakldir. Yoʻllanmalar Angren
shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan beriladi;
Angren shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi keyingi oʻrinlarda
ABKM
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari - ish topishda qiynalayotgan,
mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan ijtimoiy himoyaga
muhtoj shaxslar;
Ishchi guruh hujjatlarning bo‘sh turgan (vakant) kasbga oid talablarga
muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ishlarni bajarish, shuningdek, murojaatchilar
hujjatlarini qabul qilish, saralash, saqlash va dastlabki ishlov berish uchun
mas’ul bo‘lgan Jamiyat xodimlaridan iborat guruh;
““O‘zbekko‘mir” AJga ishga qabul qilish va boshqa lavozimga o’tkazish
bo‘yicha doimiy komissiya” (keyingi o‘rinlarda Qabul komissiyasi deb
yuritiladi) Jamiyatga ishga qabul qilish va boshqa lavozimga o’tkazish uchun
nomzodni ko‘rib chiqish uchun Jamiyatning bosh mutaxassislaridan iborat
maxsus tuzilgan komissiya hisoblanadi;
Nomzod Anketasi (keyingi o'rinlarda Anketa deb yuritiladi) - nomzodning
shaxsiy ma'lumotlarini va ishga joylashishni ko'rib chiqish uchun baholarni aks
ettiruvchi maxsus shakl (2-ilova);
ABKM yo’llanmasi bo’yicha nomzod Anketasi (keyingi o'rinlarda ABKM
nomzodi Anketasi deb yuritiladi) ABKM yo’llanmasi bo’yicha nomzodning
shaxsiy ma'lumotlarini va ishga joylashishni ko'rib chiqish uchun baholarni aks
ettiruvchi maxsus shakl (3-ilova);
Rotatsiya ishlab turgan xodimni ikkinchi ishlab turgan xodim bilan ish
o’rnini, lavozimini almashtirish yoki o’zgartirish.
1.13. Hujjatlarni qabul qilish bo'yicha ishchi guruh tarkibiga Jamiyatning quyidagi
xodimlari kiradi:
- ishchi guruh rahbari PB va KTB boshlig’i;
- ishchi guruh rahbari o’rinbosari – PB va KTB boshlig’i o’rinbosari;
- ishchi guruh tarkibi PB va KTB xodimlari; Jamiyat filiallari, tarkibiy bo‘linmalari
kadrlar bo‘limi boshliqlari yoki tajribali xodimlari va O‘quv markazining xodimlari.
2. HUJJATLARNI QABUL QILISH, O‘RGANISH VA SARALASH
TARTIBI.
2.1. Ehtiyojlarni aniqlab, bo'sh ish o'rinlarini to'plagandan so'ng, PB va KTB
boshlig'i Jamiyat Bosh direktori bilan kelishilgan holda nomzodlarni ishga qabul qilish
Komissiyasini o’tkazish sanasi, vaqti, joyi va tanlov uchun e'lon qilingan kasblar
ro'yxatini hamda ularga qo’yilgan talablarni belgilaydi.
2.2. Nomzodlarga qo'yiladigan talablar Jamiyatning kasbi bo'yicha Xizmatchilarning
asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori - 2020 (XALIKK-2020) asosida
belgilanadi, shuningdek korxona va kasbning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
2.3. Murojaatchilardan arizalarni qabul qilish boshlanishidan besh ish kuni oldin, PB
va KTB Jamiyatning rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida ishga qabul
qilish komissiyasi kasblar ro'yxati va nomzodlarga qo'yiladigan talablarni ko'rsatgan
holda ishga qabul qilish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganligi to'g'risida e'lon
qiladi.
2.4. Murojaatchilarning arizalari faqat “O‘zbekko‘mir” AJning rasmiy
www.uzbekcoal.uz sayti orqali “pdf” yoki “jpeg” formatida anketani majburiy
to‘ldirgan va kerakli hujjatlar ilova qilingan holda qabul qilinadi.
2.5. Murojaatchilarning arizalari besh ish kuni ichida qabul qilinadi. Zarur hollarda,
muddat uzaytirilishi mumkin.
2.6. Jamiyatning amaldagi xodimlari boshqa ishga o’tish bo’yicha korhona rasmiy
saytiga yuborilgan murojaatlari ishchi guruh tomonidan uch ish kunidan kechiktirmay
ko’rib chiqilishi lozim. Murojaatchi sayt orqali anketa to’ldirish vaqtida, boshqa ishga
o’tish bo’yicha izoh qoldirishi va qo’shimcha ravishda tavsiya xatini biriktirishi lozim.
2.7. Qabul qilingan arizalar kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida ko‘rib
chiqiladi. Murojaatlar mutaxassislar tomonidan o'rganiladi va qayta ishlanadi.
2.8. Mutaxassislar murojaatchining rezyumesini, ma'lumoti, tajribasi, malakasiga
qo'yiladigan talablarga muvofiqligi, shuningdek, to'ldirilgan anketa va unga ilova
qilingan hujjatlarning ishonchliligini diqqat bilan o'rganadilar.
2.9. Agar arizada va murojaatchining hujjatlarida nomuvofiqliklar yoki boshqa
qoidabuzarliklar aniqlansa, murojaatchining anketasida ko‘rsatilgan mobil telefon
raqamiga SMS-xabar ko‘rinishida rad etish sabablari ko’rsatilgan xabar yuboriladi.
2.10. Murojaatchining talablarga javob berishini tekshirgan va bunga amin bo’lgan
mutaxassis, ishchi guruh rahbari tomonidan ko'rib chiqish uchun hujjatlar to'plamini
va murojaatchining anketasini shakllantiradi.
2.11. Ishchi guruh rahbari tomonidan hujjatlar to‘plami va murojaatchining anketasi
ma’qullangandan (ruxsat berilgandan) so‘ng mutaxassis murojaatchining anketasida
ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga arizani tartib raqamini (ID), tanlov
komissiyasining sanasi, vaqti va joyini ko'rsatgan holda, Jamiyatga ishga joylashish
uchun nomzod sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi SMS-xabar shaklida yuboradi.
Nomzodning anketasiga Ruxsat berildimuhri qoyiladi.
3. ANGREN SHAHAR “ABKM” TOMONIDAN BERILGAN “ISHGA
JOYLASHISH YO’LLANMASI”GA EGA BO’LGAN
MUROJAATCHILARNI ISHGA QABUL QILISH TARTIBI.
3.1. ABKM yo’llanmasiga ega bo’lgan murojaatchilarni ishga qabul qilish tartibi,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalari, O‘zbekiston
Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Aholini bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-
son Qonuni va “O‘zbekko‘mir” AJga ishga qabul qilish va boshqa lavozimga o’tkazish
to‘g‘risidagi NIZOMIga asosan amalga oshiriladi.
3.2. ABKM yo’llanmasi bo'yicha murojaatchilardan arizalar, aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj toifalari uchun, toifalar bo'yicha zahiradagi ish o'rinlari rejasi
asosida qabul qilinadi.
3.3. ABKM yo’llanmasi bo'yicha murojaatchilarning arizalari faqat “O‘zbekko‘mir”
AJning rasmiy www.uzbekcoal.uz saytidagi ABKM YO’LLANMASI BILAN
ARIZA TOPSHIRISH” bo’limi orqali “pdf” yoki “jpeg” formatida anketani majburiy
to‘ldirgan va kerakli hujjatlar ilova qilingan holda qabul qilinadi.
3.4. ABKM yo‘llanmasi bo‘yicha murojaatchilardan arizalar, Aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj toifalari uchun, toifalar bo‘yicha zaxiralangan ish o‘rinlari rejasi
to‘liq bajarilgunga qadar qabul qilinadi.
3.5. Qabul qilingan arizalar kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib
chiqiladi.
3.6. ABKM yo‘llanmasi berilgan ish qidirayotgan shahslarni ishga joylashtirishga
doir yo’llanma bilan murojaat qilgan fuqarolarni ishga qabul qilish masalasi yo’llanma
bilan hujjatlar taqdim etilgan kundan etiboran, besh ish kunidan kechiktirmay ko’rib
chiqilib o’rnatilgan tartibda xabar berishi va yo’llanmani rasmiylashtirishi shart.
3.7. Mutaxassislar tomonidan ABKM yo’llanmasi zaxiralangan ish o’rniga
muvofiqligini, murojaatchining rezyumelari, ma'lumoti, tajribasi, malaka talablariga
muvofiqligi, shuningdek to'ldirilgan anketa va unga ilova qilingan hujjatlarning
ishonchliligini diqqat bilan o'rganiladi.
3.8. Agar arizada va murojaatchining hujjatlarida nomuvofiqliklar yoki boshqa
qoidabuzarliklar aniqlansa, murojaatchining anketasida ko‘rsatilgan mobil telefon
raqamiga SMS-xabar ko‘rinishida rad etish sabablari ko’rsatilgan xabar yuboriladi.
3.9. Murojaatchining talablarga javob berishini tekshirgan va bunga amin bo’lgan
mutaxassis, ishchi guruh rahbari tomonidan ko'rib chiqish uchun hujjatlar to'plamini
va murojaatchining anketasini shakllantiradi.
3.10. Ishchi guruh rahbari tomonidan hujjatlar to‘plami va murojaatchining anketasi
ma’qullangandan (ruxsat berilgandan) so‘ng mutaxassis murojaatchining anketasida
ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga arizani tartib raqamini, tanlov komissiyasining
sanasi, vaqti va joyini ko'rsatgan holda, Jamiyatga ishga joylashish uchun nomzod
sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi SMS-xabar shaklida yuboradi. Nomzodning
anketasiga Ruxsat berildimuhri qoyiladi.
3.11. Murojaatlarni qabul qilish tugagandan so‘ng ishchi guruh ro‘yxat, hujjatlar
to‘plami hamda elektron va qog‘oz shaklda nomzodlarning anketasini shakllantiradi.
Nomzodlarning barcha hujjatlari qabul komissiyasi kotibiga topshiriladi.
3.12. ABKM yollanmasiga ega bolgan nomzodlarga tanlovning ikkinchi yani
nazariy bilimlarni test orqali tekshirishbosqichi qollanilmaydi.
3.13. Qabul komissiyasi nomzodlar bilan ushbu hujjatning 7.3 va 7.4 bandlariga
asosan “Suhbat” o’tkazadi.
3.14. Suhbat natijalari “ABKM nomzodi Anketasi”da aks ettiriladi.
3.15. Komissiya qarori qabul komissiyasining bayonnomasida aks ettiriladi va
rasmiylashtiriladi.
4. “O”ZBEKKO’MIR” AJ QO’RIQLASH XIZMATIGA ISHGA QABUL
QILISH TARTIBI
4.1. Mazkur tartib O‘zbekko’mir” AJning qo‘riqlash xizmatiga ishga qabul qilish
tartibini belgilaydi.
4.2. Qo‘riqlash xizmatiga ishga qabul qilish 70 balllik tizimda tanlov asosida to‘rt
bosqichda amalga oshiriladi. Minimal o'tish balli - 55 ball.
4.3. Quyidagi shaxslarning qo’riqlash xizmatiga ishga qabul qilinishiga ruxsat berilmaydi:
- doimiy yashash joyi bo'lmasa;
- o'ziga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan, muqaddam sudlangan (sudlanganligi rasman
olib tashlangan shaxslar bundan mustasno);
- jinoiy jazoni o'tayotgan;
- mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, shuningdek bir yil davomida takroran
jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikka
tortilgan;
- ruhiy kasalliklar, giyohvandlik va alkogolizm bilan kasallangan holda dispanser hisobida
turgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot
muassasasi tomonidan berilgan tegishli tibbiy ma’lumotnomani taqdim etmaganlar;
- sud tomonidan layoqatsiz yoki qisman layoqatsiz deb topilgan;
- umumiy o'rta ma'lumotga ega bo'lmagan
4.4. Qo’riqlash xizmatiga ishga qabul qilish tartibi, ushbu NIZOMI asoslanadi.
4.5. Birinchi bosqich: hujjatlarga talablar. NIZOMning “Hujjatlarni qabul qilish,
o‘rganish va saralash tartibi” 2-bo’limi asosida amalga oshiriladi.
4.6. Murojaatchining hujjatlari muvaffaqiyatli ko'rib chiqilgandan so'ng, mutaxassis sayt
orqali ikkinchi bosqichning sanasi, vaqti va joyi haqida SMS-xabarlarni yuboradi.
4.7. Ishchi guruh mutaxassisi “Qo‘riqlash xizmatiga nomzodlar anketalari”ni “Angren
ko’mir koni” filiali qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘iga taqdim etadi.
4.8. Ikkinchi bosqich: jismoniy tayyorgarlik 0-15 ball. Minimal o’tish balli 10 ball.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundgi PQ-5148-son qaroriga
asosan ishlab chiqilgan yosh toifalari bo’yicha Jismoniy tayorgarlik darajasi” sport
sinovlarining turlari va me’zonlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.8.1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish bosqichi maxsus sport
inshootlarida (stadionlar, maydonlar, majmualar yoki zallar) tegishli xavfsizlik
choralari va Jamiyatning tibbiy xodimi majburiy ishtirokida o'tkazilishi kerak.
4.8.2. Minimal o‘tish balliga ega bo‘lgan nomzod uchinchi bosqichga o‘tadi.
4.9. Uchinchi bosqich Nizomning “Nazariy bilimlarni test orqali tekshirish” 5-bo’limiga
asosan amalga oshiriladi.
4.10. Uchinchi bosqich Nizomning “Suhbat” 7-bo’limiga asosan amalga oshiriladi.
4.11. Ishga qabul qilish bo'yicha keyingi harakatlar Nizomning "Bayonnamalar va
boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish" 8-bo'limiga muvofiq amalga oshiriladi.
5. NAZARIY BILIMLARNI TEST ORQALI TEKSHIRISH
5.1. Qabul komissiyasiga kirishda tartib-qoidalarga rioya qilish va nomzodlarning
hujjatlarini tekshirish uchun ishchi guruh mutaxassislari jalb etiladi.
5.2. Ishga joylashish uchun saralash bosqichlarida ishtirok etish uchun kelgan nomzodlar
ishchi guruh mutaxassislariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, nomzodning anketasiga
ilova qilingan barcha hujjatlarning asl nusxasini hamda Jamiyatning rasmiy veb-
saytidan olingan tasdiqlovni taqdim etishlari shart.
5.3. Qabul komissiyasiga oʻz vaqtida (boshlanishdan 30 daqiqa oldin) kelmagan
nomzodlar koʻrib chiqilmaydi.
5.4. Nomzodlarga ishchi guruh va Qabul komissiyasi hududi yoki idorasiga, xonasiga
quyidagi narsalarni olib kirishi taqiqlanadi:
- o'tkir kesuvchi buyumlar, o'qotar qurollar, portlovchi moddalar, kimyoviy moddalar
va kelib chiqishi shubhali narsalar;
- mobil telefonlar, smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar, noutbuklar va boshqa aloqa
vositalari.
- ishchi guruhga taqdim etilgan hujjatlardan tashqari kitoblar, varaqalar, daftarlar.
Nomzod ishchi guruhi va Qabul komissiyasi hududiga yoki xonasiga kirishidan oldin,
taqiqlovchi narsalarning mavjudligi xavfsizligini tekshiradi. Agar kirishda nomzodda
taqiqlangan narsalar topilsa, taqiqlangan narsalar qo'riqchilarda vaqtincha saqlash
uchun qoldiriladi.
5.5. Agar nomzodda taqiqlovchi narsalar bo'lsa yoki aniqlansa, nomzodni ko'rib
chiqishning istalgan bosqichida ishga qabul qilish jarayoni darhol to'xtatiladi.
5.6. Nomzodning nazariy bilimlarini tekshirish Qabul komissiyasi tomonidan amalga
oshiriladi va qabul qilinadi.
5.7. Nomzodning nazariy bilimlarini tekshirish kasb bo‘yicha tasdiqlangan so‘rovnoma
asosida oldindan tayyorlangan variantlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkazish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
5.8. Kasblar bo'yicha test variantlari PB va KTB tomonidan, tanlov komissiyasining
sanasidan bir kun oldin tayyorlanadi. Bitta variantda, asosiy kasb bo'yicha 10 ta,
umumiy savollar 5 ta, jami 15 ta savol bo'lishi kerak. Vakolatli shaxslar ishtirokida
variantlar konvertlarga muhrlanadi.
5.9. Test variantlarining to’g’ri javob kaliti alohida konvertga muhrlanadi.
5.10. Qabul komissiyasining kotibi nomzodlarni ishchi guruh tomonidan taqdim
etilgan ro‘yxatga muvofiq xonada joylashtiradi.
5.11. Qabul komissiyasi va ishchi guruhining barcha kabinetlari ovoz yozishga ega
videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishi shart.
5.12. Qabul komissiyasi faoliyatining barcha video yozuvlari alohida diskga
chiqariladi va bir yil davomida saqlanadi.
5.13. Qabul komissiyasining kotibi Qabul komissiyasi raisi, shuningdek, Qabul
komissiyasi a’zolari ishtirokida variantlar solingan muxrlangan konvertni ochadi.
5.14. Nomzodga testlarni yechish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
5.15. Vaqt tugagandan so'ng, kotib nomzodlardan barcha blankalarni to'playdi va
Qabul komissiyasi ishtirokida to'g'ri javoblar kaliti bilan ko’rsatilgan muxrlangan
konvertni ochadi. Qabul komissiyasi test javoblarini tekshiradi.
5.16. O‘tish ballini to‘plagan nomzod keyingi bosqichga o‘tadi. Nomzodning
Anketasiga “Ijozat berildi” muhri qo‘yiladi.
5.17. O‘tish ballini to‘play olmagan nomzod keyingi bosqichga o‘tmaydi.
Nomzodning Anketasiga “Ijozat berilmadi” muhri qo‘yiladi.
5.18. Test javoblari bilan variantlar bir-biriga tikiladi va nomzodning shaxsiy faylida
saqlanadi. Nomzodning shaxsiy fayli bir oy davomida saqlanadi.
5.19. Nomzodning nazariy bilimini tekshirishning barcha natijalari nomzodning
Anketasida va Qabul komissiyasining bayonnomasida aks ettiriladi.
6. JAMIYAT ISHCHI-XODIMLARINI LAVOZIMDAN LAVOZIMGA
O’TKAZISH VA ROTATSIYA QILISH TARTIBI
6.1. Bo’sh ish o’rinlarga, Jamiyat ishchi-xodimlarini lavozimdan lavozimga (boshqa
ishga) o’tkazish bo’yicha arizalar faqat “O‘zbekko‘mir” AJning rasmiy
www.uzbekcoal.uz sayti orqali to'liq to'ldirib topshirilgan holda ushbu Nizomda
ko’rsatilgan ishga qabul qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
6.2. Bo’sh ish o’riniga nomzodlarni ko’rib chiqishda, birinchi navbatda vakansiyasi
mavjud korxona (filial) xodimlari, keyingi navbatda Jamiyatning boshqa korxonalarida
(filallarida) faoliyat yurituvchi xodimlar, ya’ni Jamiyatning ichki kadrlar rezervi
boshqa nomzodlarga nisbatan imtiyozga ega hisoblanadi.
6.3. Korxona (filial) rahbari yoki Jamiyat PB va KTB tomonidan tavsiyanoma berilgan
nomzod, boshqa nomzodlarga nisbatan yuqori imtiyozga ega hisoblanadi. Ushbu
nomzodlar ID (tartib) raqami va navbatiga qaramasdan birinchi ko’rib chiqiladi.
Tavsiyanomada, ushbu lavozim shartlari va aynan shu nomzodning mutanosibligi
sabablari, amalda intizomiy jazosi yo'qligi, ishlab chiqarish zaruriyati kelib chiqishi
yoki boshqa sabablari bo’lsa ko’rsatilishi lozim.
6.4. Xodimlarni rotatsiya qilish uchun Jamiyat bosh direktori nomiga, korxona (filial)
rahbari yoki Jamiyatning PB va KTB tomonidan rotatsiya qilish sabablari aniq
ko’rsatilgan va asoslangan bildirgi beriladi. Bildirgida nomzodlarning roziligi
tog’risida imzo bo’lishi shart.
6.5. Rotatsiyaga kiritilgan nomzodlarga, ushbu Nizomning faqatgina “SUHBAT” bo’limi
qo’llaniladi va natijaga ko'ra qaror qabul qilinadi.
6.6. Quyidagi alohida hollarda ishchi-hodimlar bir filialning o’zida bir ishdan boshqa
doimiy ishga filial boshlig’ining Jamiyat bosh direktori nomiga rejim va kadrlar
bo’yicha bosh direktor o’rinbosari, PB va KTB hamda MvaIX bo’limi boshlig’i bilan
kelishgan holda yozma murojaati bilan ishga qabul komissiyasining suhbati asosida
qabul qilgan qarori bilan o’rnatilgan tartibda o’tkazilishi mumkin:
- lavozim o’zgarmagan holda uchastka o’zgarishi;
- egallab turgan lavozimiga sog’lig’i tufayli noloyiq bo’lib qolishi (shifokor hulosasi
bilan);
- taraflarning ihtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar (vakolatli davlat organlarining
yozma ko’rsatmasi);
- korhonada o’rnatilgan ichki tartib-qoidani buzgan ishchi-hodimlarga ta’sir chorasi
ko’rish sifatida, o’rnatilgan tartibda, egallab turgan lavozimidan javobgarlik va
vakolati pastroq lavozimga o’tkazish;
- ishchi-hodimlarning o’z hohishiga ko’ra egallab turgan lavozimidan shu
yo’nalishdagi pastroq lavozimga doimiy ravishda o’tkazish;
- Ish beruvchining tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilish jarayonida
ishchi-hodimlarga amaldagi mehnat to’g’risidagi qonunlarga asosan korhonada
mavjud uning mutaxassisligi va malakasiga mos bo’sh ish o’rinlarini (mos ish o’rni
bo’lmasa birmuncha kam malaka talab etiladigan boshqa vakansiyalarni ) taklif
qilish majburiyati yuzaga kelganda;
- Jamiyatning xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
bo’yicha O’quv Markazida filiallarning tashabbusiga ko’ra tayyorlash, qayta
tayyorlash va malaka oshirish amaliyotlaridan ohirgi 3 oy davomida o’tgan ishchi-
xodimlar.
6.7. Yangi ishga qabul qilingan ishchi-hodimlar Jamiyat tarkibida 1 yil (muhim
ishlab-chiqarish zaruriyati yuzaga kelganda - 3 oy) namunali ish faoliyati (ichki
mehnat qoidalariga to’liq amal qilgan va intizomiy jazoga tortilmagan) o’tagandan
keyingina boshqa ishga bevosita rahbarining yoki filial rahbarining yozma tavsiyasi
asosida o’tkazilish masalasi o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqiladi.
7. SUHBAT
7.1. “Nazariy bilimlarini test orqali tekshirish” bosqichidan o‘tgan nomzodlar keyingi
“Suhbat” bosqichiga o‘tadilar.
7.2. Suhbat Qabul komissiyasi tomonidan o'tkaziladi.
7.3. Suhbat “O‘zbekko’mir” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalariga ishga kirayotgan
nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma (25.10.2021 yildagi 475-son
buyrug‘ining 7-ilovasi) (keyingi o‘rinlarda Yo‘riqnoma) asosida o‘tkaziladi.
7.4. Nomzodlar uchun tavsiya etilgan savollar:
- Qanday qilib va nima uchun “O‘zbekko’mir” AJga ishga kirishga qaror qildingiz?
- Keyingi 5 yil ichida o'zingizni qayerda ko'rasiz?
- Sizda oldindan bizga xabar berishingiz kerak bo'lgan holatlaringiz bormi
(sog'lig'ingiz, oilaviy sharoitingiz, boshqa joyga ko'chishingiz mumkin)?
- Agar maoshingiz sizni qoniqtirsa, nima uchun ishdan bo'shashingiz mumkin?
- Siz sud tomonidan korxona, muassasa yoki tashkilotlarda muayyan lavozimlarni
egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilinganmisiz?
7.5. 1-ilovada va 2-ilovada ko‘rsatilgan kasb va lavozimlar uchun nomzodlar bilan suhbat
jarayonida kasb yoki lavozim bo’yicha 5 ta asosiy savollar berilishi mumkin.
7.6. Komplaens xizmati va/yoki ishchi guruh mutaxassislari tomonidan Yo‘riqnomaning
1 va 2-ilovalari to’ldiriladi va nomzodning shaxsiy ishiga kiritish uchun tanlov
komissiyasi kotibiga taqdim etiladi.
7.7. Suhbat natijalari va umumiy fikrga ko'ra Qabul komissiyasi nomzodga ball qo'yadi.
Suhbatning yakuniy balli komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi.
8. BAYONNAMALAR VA BOSHQA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH.
8.1. Qabul komissiyasining kotibi nomzodga qo‘yilgan baholarga asosan Qabul
komissiyasining bayonnomasini tuzadi.
8.2. Qabul komissiyasining barcha imzolari tanlov komissiyasi o'tkaziladigan joyda
yig'iladi.
8.3. Qabul komissiyasining bayonnomasi “O‘zbekko’mir” AJ Bosh direktori tomonidan
tasdiqlanadi va Jamiyat muhri bilan mustahkamlanadi.
8.4. Taklif etilayotgan ishni o'z xohishiga ko'ra rad etgan taqdirda, nomzod komissiya
kunida rad etish sababini ko'rsatuvchi tilxat taqdim etishi shart.
8.5. Qabul komissiyasining qaroriga ko’ra “RUXSAT ETILGAN nomzod,
“O‘zbekko’mir” AJ bosh direktorining 2021 yil 25 oktabrdagi 475-son buyrug‘ining 3-
ilovasi 4-bob 2-paragrafida belgilangan tartibda, “manfaatlar to’qnashuvi deklaratsiyasini”
to’ldirishi shart.
8.6. Nazariy bilimlarini tekshirish, jismoniy tayyorgarligi yoki suhbatdan o‘tish uchun
saralash bosqichlaridan o‘tmagan nomzodlar, to‘liq qayta tayyorlash va Jamiyat
resurslaridan oqilona foydalanish zarurati tufayli tashqi nomzodlar 3 oy davomida,
ishchi-hodimlar lavozimdan lavozimga o’tkazish 1 oy muddatdan oldin qayta ko‘rib
chiqilishi mumkin emas.
8.7. Qabul komissiyasining ijobiy xulosasi bilan ishga qabul qilishga ruxsat etilgan
nomzod, “O‘zbekko’mir” AJ bosh direktorining 2021 yil 25 oktabrdagi 475-son
buyrug‘ining 7-ilovasi - ““O‘zbekko’mir” AJ tashkilotlari, ularning hududiy va uning
tarkibiy bo‘linmalariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha
yo‘riqnoma”si asosida tekshiriladi.
8.7.1. Tekshirish natijasiga ko’ra ijobiy hulosa olgan nomzod, O‘zbekiston Respublikasi
mehnat qonunchiligida va Jamiyatning lokal hujjatlarida belgilangan tartibda ishga
qabul qilinadi.
8.7.2. Tekshirish natijasiga ko’ra salbiy hulosa olgan nomzodga, Jamiyatga ishga qabul
qilish rad etiladi.
8.7.3. Tekshiruv natijasiga asosan, ishchi guruh mutaxassisi nomzodning anketasida
ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar ko‘rinishida rad etish sabablari
ko’rsatilgan xabar yuboriladi.
8.8. Qabul komissiyasining to‘liq rasmiylashtirilgan bayonnomasi va Komplaens nazorati
xulosalari, nomzodni O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida belgilangan
tartibda ishga olish uchun, Jamiyatning filiallari va tarkibiy bo‘linmalariga yuboriladi.
8.9. Jamiyat tarkibidagi filiallar hamda korhonalar ushbu Nizomda ko’rsatilgan tartibga
zid ravishda ishga qabul hamda boshqa ishga o’tkazishni amalga oshirgan holatlarda
hodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (yoki mehnat shartnomasiga qo’shimcha
kelishuv) O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 168 moddasining 4-bandiga asosan
ya’ni ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi asosida (agar yo’l
qo’yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo’lmasa va u ishini davom ettirishga
to’sqinlik qilsa) taraflarning xohish-irodasiga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra bekor
qilinadi.
8.10. Ishga qabul qilingan nomzodlarda Jamiyatning kadrlar hamda korruptsiyaga qarshi
kurashish siyosati, ichki tartibi va obro'siga zid bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar aniqlangan
taqdirda, mansabdor shaxslarning taqdimnomasiga ko'ra, mehnat shartnomasi
rasmiylashtirilguniga qadar, Jamiyat nomzodni ishga olishni rad etish huquqini o'zida
saqlab qoladi.
8.11. Jamiyatga ishga qabul yoki ishchi-hodimlarni boshqa lavozimga doimiy ishga
o’tkazish jarayonida ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yoki mehnat to’g’risidagi qonun
hujjatlariga nomutanosiblik vaziyatlari yuzaga kelgan hollarda O’zbekiston
Respublikasida amalda bo’lgan tegishli mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlarga asoslangan holda bosh direktorning buyrug’i bilan tartibga solinadi.
9. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Ommaviy oferta va uning ilovalari rasmiy hujjatlar hisoblanadi va Saytda e'lon
qilinadi.
9.2. Talabgor, ushbu Oferta shartlarini koʻrib chiqib, ular bilan kelishib, “Oʻzbekko’mir”
AJga ishga joylashish uchun tanlov jarayonida taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarni
qayta ishlash va ulardan foydalanishga ruxsat beradi, shuningdek, “O‘zbekko’mir”
AJga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi NIZOMI shartlari va barcha talablarni toʻliq oʻqib
chiqqan va qabul qilgan hisoblanadi..
10. ISH BERUVCHINING REKVIZITLARI
“O’zbekko’mir” AJ
Manzil: 110200, O’zbekiston Respublikasi,
Toshkent viloyati Angren shahar,
Istiqlol ko’chasi 1-uy
STIR: 200899410 KTUT: 00159516
Bank kodi: 00440 XXTUT: 11311
X/R 2021 0000 6001 2695 6001
E-mail: uzbekcoal@exat.uz
Telefon: +998 78 150 39 80 Faks: +998 78 150 39 89
Bosh director
Kuznetsov Vladimir Vladimirovich
“O’zbekko’mir” AJga ishga joylashish uchun ish qidirayotgan jismoniy shaxsning
shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va undan foydalanish, shuningdek
“O’zbekko’mir” AJga ishga qabul qilish qoidalari va tartiblari bilan tanishish
huquqini berish boʻyicha
OMMAVIY OFERTAsiga
1-ilova
Ishga qabul qilishda nazariy bilimlarni tekshirish talab etilmaydigan kasblar
ro'yxati
T/r
Kasblar nomi
1
Qorovul
2
Hudud tozalovchi
3
Ishlab chiqarish xonalarini/hududlarini tozalovchi
4
Yuvuvchi-tozalovchi
5
Hammom ishchisi
6
Ishchi
7
Yordamchi ishchi
8
Omborchi
9
Oshxona ishchisi
10
Yukchi
11
Maxsus oyoq buyum ta’mirlovchi
12
Suvoqchi
13
Bo’yoqchi
14
Bog’bon
15
Ko’cha supuruvchi
16
Binolarni kompleks tozalash va ta'mirlash
bo'yicha ishchi
17
Uy xizmatkori
18
Metall parchalarini (metallom) yig'uvchi
19
Muqovachi
20
Gulchi
21
Supurgi tayyorlovchi
22
Rassom
23
Mebel yig’uvchi va ta’mirlovchi ishchi
24
Gul va ko’chatlar o’stiruvchi
25
Kir yuvuvchi
26
Tikuvchi
“O’zbekko’mir” AJga ishga joylashish uchun ish qidirayotgan jismoniy shaxsning
shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va undan foydalanish, shuningdek
“O’zbekko’mir” AJga ishga qabul qilish qoidalari va tartiblari bilan tanishish
huquqini berish boʻyicha
OMMAVIY OFERTAsiga
2-ilova
Ishga qabul qilinishi yoki lavozimi o’zgartirilishi “Ozbekko’mir” AJ bosh
direktorining buyrug’i asosida amalga oshiriladigan hamda nazariy bilim
tekshirish talab etilmaydigan lavozimlar nomenklaturasi ro’yhati
T/r
Lavozimlar nomi
1
Bosh mexanik
2
Bosh energetik
3
Bosh geolog
4
Bosh marksheyder
5
Bosh metrolog
6
Bosh hisobchi
7
Ijro apparati bosh mutaxassislari
8
Ijro apparati boshqarma boshliqlari
9
Ijro apparati bo’lim boshliqlari
10
Yuriskonsult
11
Filial raxbarlari
12
Filial boshiqlari
13
Filial boshlig’i o’rinbosarlari
14
Filial bosh muhandisi
15
Filial bosh hisobchisi
16
Filial hodimlar bo’limi boshlig’i