Aholi iste'molchilariga tarqatilgan ko'mir mahsuloti 600 ming tonnadan oshdi
Nashr qilingan sana: 30.10.2023 13:13:26Respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun jami 1 mln 773,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.
Haqiqatda tuzilgan shartnomalarga binoan, shundan aholi 1 mln 190,7 ming tonna, byudjet tashkilotlari va DXSH iste’molchilari uchun jami 569,3 ming tonnani, shundan byudjetga 333,1 ming tonnani, DXSH tadbirkorlari uchun 236,1 ming tonnani tashkil etadi.
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra,2023 yil 30 oktyabr holatiga ko‘mir mahsuloti quyidagicha ortib yuborildi:
▪️ Aholi uchun- 559,9 ming tonna (rejaga nisbatan 47 %);
▪️ Byudjet tashkilotlari uchun 321,1 ming tonna (shartnomalarga nisbatan 95 %);
▪️ DXSH tadbirkorlari uchun 204,3 ming tonna (shartnomalarga nisbatan 87 %);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 26 iyulda tasdiqlangan kelishuv bayonnomaga asosan mahalliy ko‘mir mahsuloti quyidagicha yetkazib berilmoqda:
▪️ aholi iste’molchilari uchun – 300,300 so‘m/tn;
▪️ byudjet tashkilotlari uchun – 418,245 so‘m/tn.
Ayni kunlarda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli 89 ta hududiy ko‘mir ombori va 13 ta shaxobcha ishlab turibdi.
Aholi va byudjet tashkilotlariga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir ana shu ombor va shaxobchalar orqali MFYlar tomonidan berilgan va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan jadval asosida tarqatilmoqda.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish