ALOQA MAʼLUMOTLARI
O‘zbekiston Respublikasi, 110200,
Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol ko‘chasi, 1-uy
(+998) 78 150 39 80
(+998) 78 148 30 03
info@coal.uz
Dush-Jum: 9.00 – 18.00
Infographic

Yangiliklar

image

Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?

Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...

O'qish
image

INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!

Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari!   Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...

O'qish
image

ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ

Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...

O'qish

Xaridlar to'g'risida e'lonlar

E'lon!

icon

“O‘zbekko‘mir” AJ yangi yil sovg‘alarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

“O‘zbekko‘mir” AJ ma’muriyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiningqo‘shma qaroriga muvofiq, Jamiyat tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun Yangi yil sovg‘alarini xarid qilish bo‘yicha tender tanlovio‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, barcha manfaatdor yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlarnitender tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.

TENDER SHARTLARI VA TALABLARI:

Sovg‘alar tarkibi va sifati: sovg‘alar bolalar yoshiga mos, sifatli, xavfsizlik va sanitariyame’yorlari talablariga to‘liq javob berishi lozim.

Tijorat taklifi va namunalar: ishtirokchilar narxi va tarkibi ko‘rsatilgan tijorat taklifibilan birga taklif etilayotgan sovg‘alarning amaliy namunalarini ham taqdim etishlari shart.

Taqdim etish muddati: tijorat takliflari va sovg‘a namunalari 2026-yil 25-noyabrga qadarqabul qilinadi.

Tender natijalariga ko‘ra, eng maqbul narx va yuqori sifatni taklif etgan korxona g‘olib deb topiladi hamda u bilan belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

Murojaat uchun manzil: 

O‘zbekiston Respublikasi, 110200, Toshkent viloyati Angren sh., , Istiqlol ko‘chasi, 1

Aloqa raqamlari: +99878 150 39 80, +998781503989, +998949238201

e-mail: info@coal.uz

“O‘zbekko‘mir” aksiysdorlik jamiyati

E'lon!

icon

❗️ E’LON | Xarid loti 13.10.2026

“O‘zbekko‘mir” AJ Xt-xarid.uz elektron platformasining “Eng maqbul takliflarni tanlash” ilovasi orqali “O‘ZBEKKO‘MIR” AJning 25 tonnali MAN CLA 26.280 shassisidagi avtokranni ta’mirlash xizmati bo‘yicha tanlov  e'lon qiladi.

Takliflar Xt-xarid.uz elektron platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Lot: https://xt-xarid.uz/procedure/8872983/core 

Tanlov bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar yuzasidan Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 +998 93 604 59 85

E'lon!

icon

E’LON | XARID LOTI

«O‘zbekko‘mir» AJ «Xt-xarid.uz» elektron platformasining «Eng maqbul takliflarni tanlash» ilovasi orqali «ATT» filialining yillik ehtiyoj xatiga asosan KOMATSU HD 785-7 rusumli karyer avtosamosvallarining ichki yonuv dvigatellariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Ushbu lotda ishtirok etish istagini bildirgan yetkazib beruvchilar o‘z takliflarini elektron tarzda yuborishlari mumkin.
Lot: https://xt-xarid.uz/procedure/8452495/core 

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 97 877 11 92 (ichki raqam — 60-174)

E'lon!

icon

❗️E’LON | Xarid loti 28.09.2026

"Ozbekkomir" AJ  Xt-xarid.uz  elektron platformasining "Eng maqbul takliflarni tanlash" ilovasi orqali “Angren ko`mir koni” filiali yillik buyurtmasiga asosan reduktorlar xarid qilish boyicha tanlov e’lon qilinadi.

Takliflar xt-xarid.uz elektron platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Lot: https://xt-xarid.uz/procedure/8741536/core   

Murojaat uchun: +998983606465.

Ishlab chiqarish

Ko'mir narxi

2026-yil 1-iyundan boshlab ko‘mir narxlarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilingan. Ko‘mir mahsulotlari bozor mexanizmlari asosida, jumladan birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi. Shu sababli ko‘mirning yakuniy sotuv narxi talab va taklif, mahsulot turi, yetkazib berish va boshqa xarajatlardan kelib chiqib shakllanadi.

coal

Murojaatlar statistikasi

Bizga baho bering



31.58 %

17.68 %

7.69 %

5.4 %

13.77 %

So'rov statistikasi

"O‘ZBEKKO‘MIR" AJ TARKIBI QUYIDAGI FILIALLARDAN IBORAT

1
“Angren ko‘mir koni” filiali

Ko‘mir, kaolin va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bilan shug‘ullanadi.

2
“Transport” filiali

Temir yo‘l va avtomobil transporti orqali ko‘mir va boshqa yuklarni tashish, infratuzilmani qurish va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.

3
“Tog‘-transport uskunalarini sozlash zavodi” filiali

Kon texnikasi va uskunalarini ta’mirlash, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish hamda elektr dvigatellarni tiklash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

4
“Energetika tarmoqlari” filiali

Korxonalarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.

5
“Kapital qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filiali

Ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda qurilish jarayonlarini boshqarish bilan shug‘ullanadi.

6
“Idoraviy qo‘riqlash” filiali

Korxona obyektlari va moddiy boyliklarni qo‘riqlash, xavfsizlikni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan shug‘ullanadi.

7
“Standartlash, sertifikatlash va sifat nazorati” filiali

Mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, sertifikatlash hamda metrologik tekshiruvlarni amalga oshiradi.

8
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” filiali

Axborot tizimlari, tarmoqlar va texnik uskunalarni boshqarish, raqamli yechimlar hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling