Koʻmir omborlari masʼul xodimlari ogohlantirilmoqda
Nashr qilingan sana: 22.11.2023 12:52:04"Oʻzbekkoʻmir" AJ Ishchi guruhining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi "Koʻmir taʼminot" MCHJ Qashqadaryo viloyati filialida oʻtkazildi.
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan Aksilkorrupsiya oyligi tadbirlari doirasida filial va uning tasarrufidagi hududiy koʻmir omborlari masʼul xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishni "Oʻzbekkoʻmir" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari E.E.Amanov boshqarib bordi.
Soʻnggi haftalarda "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli "Koʻmir taʼminot" MCHJ masʼul xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlari uchun berilishi lozim boʻlgan koʻmir mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlarini huquq-tartibot organlari tadbirlari natijasida oshkor etildi va ularga nisbatan amaldagi qonun talablari asosida javobgarlikka tortildi. Yigʻilishda shu masala atroflicha muhokama etildi. Xususan, prokuratura organlari tomonidan "Koʻmir taʼminot" MCHJning Andijon, Namangan va Fargʻona va boshqa viloyatlaridagi filiallarining masʼul xodimlari tomonidan koʻmir mahsulotlarini shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilganligi kechirib boʻlmas holat ekanligi qayd etildi.
Aholining koʻmir mahsulotlarini oʻz vaqtida arzon narxlarda xarid qila olmasligi va narxlarning sunʼiy oshirib yuborilishi asosli eʼtirozlarga sabab boʻlayotganligi, filial va ombor masʼul xodimlari tomonidan korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar yetarli oʻrganmaganligi, koʻrgazmali targʻibot vositalari ham javob bermasligi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar yetarli olib borilmayotganligi yigʻilishda qattiq tanqid qilindi.
Filiallar rahbarlari va omborlar masʼul xodimlari koʻmir ombori masʼul xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid "Qoʻshimcha kelishuv" bandlari kiritilgan. Yigʻilishda ana shu bandlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi, aholiga moʻljallangan koʻmirni talon-taroj qilish, sunʼiy oshirilgan narxda sotish qonuniy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida hududiy filial rahbari va omborlar mudirlari jiddiy ogohlantirildi, ulardan korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik haqida kafolat xatlari olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qish