Aholiga ko‘mir yetkazib berishni jadallashtirish choralari ko‘rildi
Nashr qilingan sana: 04.10.2024 13:12:21Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan “O‘zbekko‘mir” AJda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
Transport prokurori I.Narimov boshchiligidagi jarayonda “O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MChJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport departamenti va boshqa mutasaddi mas’ul xodimlar ishtirokida mavjud muammolar aniqlanib, kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isini aholi va budjet tashkilotlariga o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli yetkazib berish choralari ko‘rildi. (https://t.me/uzbprokuratura/48917)
Shuningdek, vagonlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, ko‘mir ortilgan vagonlar harakatini jadallashtirish uchun qo‘shimcha lokomotiv (elektrovoz)lar jalb etish hamda xavfsizlikni ta’minlash va talon-toroj holatlariga chek qo‘yishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish