Angren konchilari – umumxalq xayriya hasharida
Nashr qilingan sana: 16.03.2024 11:09:41
Ayni damlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga ko‘ra, Respublikada “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ezgu ishga Angren konchilari ham qo‘shilib, ayni paytda jamiyat korxonalari hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini olib bormoqdalar.
Bugun ertalabdan jamiyat ijro apparatida ham hashar qizg‘in boshlab yuborildi. Bu yerda barpo etilgan xiyobon dov-daraxtlarga boy bo‘lib, yoz mavsumida nafaqat konchilar, balki shahar ahlining sevimli dam olish maskani hisoblanadi. Hashar davomida xiyobondagi daraxtlar oqlanib, tagi yumshatilmoqda. Yo‘laklar tartibga keltirilib, chiqindilar olib chiqilyapti.
– Ushbu hashar ulug‘ Ramazon oyi davom etayotgan bir paytda yurt obodligi yo‘lidagi eng ezgu amallardan biri sanaladi, – deydi jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov. – Hademay Navro‘z bayramini nishonlaymiz. Ushbu shodiyona oldidan mahallalarimiz, korxonalarimiz qanchalik obod bo‘lsa, shunchalik ko‘ngil obod bo‘ladi.
Bayram arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olish xalqimizning azaliy qadriyatlari hisoblanadi. Biz ham ana shu qadriyatlardan kelib chiqib faxriy konchilar va ularning kam ta’minlangan oilalariga moddiy yordamlar uyushtirayapmiz.
Hashar jamiyatning mavjud 11 filialida ham qizg‘in davom etmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutu...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qishBosh direktor yoshlar bilan uchrashdi
27-aprel kuni «O‘zbekko‘mir» AJ ijro apparati binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Angren shahar “Yoshlik” hamda “May...
O'qish