Arzonlashtirilgan ko‘mir MFYlar taqdim etgan ro‘yxat asosida tarqatiladi
Nashr qilingan sana: 07.12.2023 16:48:50#Telegrambotgamurojaat
“O‘zbekko‘mir” AJ telegram botiga Xorazm viloyati Shovot tumani Kangli mahallasi Najmiddin Kubro ko‘chasi 7-uyda yashovchi Mansur Masharibovdan Shovot tumanidagi ko‘mir shoxabchasi bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Murojaatda ko‘mir sifati va aholiga qay tartibda tarqatilishi, narxi haqida so‘ralgan.
Ushbu murojaat yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari K.Jumaniyozovning ma’lumot berishicha, Shovot tumani ko‘mir ombori tomonidan ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoji bo‘lgan 12287 xonadonga 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun reja bo‘yicha 12 ming 826 tonna qattiq yoqilg‘i ajratilgan bo‘lib, joriy yilning 6-dekabr holatiga shundan 10 ming 270 tonnasi tarqatilgan.
Ko‘mir mahsuloti mahalla fuqarolar yig‘inlari taqdim etgan ro‘yxat asosida, mahalliy hokimlik tasdiqlagan reja-grafik asosida, MFY raislari ishtirokida tarqatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, murojaatchi M.Masharibov avvalroq, ya’ni 2023-yil 11-sentyabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ telegram botiga ko‘mirning sifati bo‘yicha e’tiroz bildirib yozgan edi. “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari K.Jumaniyozovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu murojaat tezkor o‘rganilib, qanoatlantirilgan va M.Masharibov o‘zi va qizining oilasi uchun o‘sha kuni Shovot ko‘mir omboridan 4 tn. 830 kg miqdoridagi ko‘mir yoqilg‘isini imtiyozli narxda sotib olgan.
Ma’lumot uchun, aholi ehtiyojlariga 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun tarqatilayotgan ko‘mir mahsuloti 2BZR markali bo‘lib, sifat guvohnomasiga ko‘ra, bo‘laklar o‘lchami - 25- 500 mm., namligi - 35 foizgacha, kulchanligi - 17 foizgacha, tarkibida 25 mm.dan ziyod o‘lchamdagi mineral aralashmalari bo‘lgan bo‘laklar 2 foizgacha, maydalar miqdori 20 foizdan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 18-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2023-yil 15-noyabr kunidan aholi uchun 1 tonna mahalliy ko‘mir mahsuloti narxi 309 800 (uch yuz to‘qqiz ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish