Arzonlashtirilgan mahalliy koʻmirni talon-taroj qilishga hech kimnning haqqi yoʻq
Nashr qilingan sana: 20.11.2023 11:32:28Arzonlashtirilgan mahalliy koʻmirni talon-taroj qilishga hech kimnning haqqi yoʻq
Soʻnggi kunlarda “Oʻzbekkoʻmir” AJga qarashli “Koʻmir taʼminot” MCHJ masʼul xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha obʼektlari uchun berilishi lozim boʻlgan koʻmir mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlarining huquq-tartibot organlari tadbirlari natijasida oshkor etilishi va ularga nisbatan amaldagi qonunchilik talablari asosida javobgarlikka tortilayotganligi jamoatchilik tomonidan keng muhokama kilinmoqda.
Jumladan, prokuratura organlari tomonidan “Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon, Namangan va Fargʻona va boshqa viloyatlaridagi filiallarining masʼul xodimlari umumiy qiymati 1,5 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 5 ming tonnadan ortiq koʻmir mahsulotlarini shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilganligi aniqlangan va ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari koʻzgʻatilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Koʻmir mahsulotlarini aholining oʻz vaqtida belgilangan narxlarda xarid qila olmasligi va bozordagi mazkur mahsulot narxining sunʼiy oshishi, aholi va jamoatchilik oʻrtasida yuqoridagi holatlar natijasi sifatida koʻrilib, asosli eʼtirozlarga sabab boʻlishi bilan birga respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarga ishonchsizlikka va korrupsion omillarning rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagilarni eʼtiborga olib, ayni kunlarda “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan respublika viloyatlarida aholiga moʻljallangan koʻmirni oʻz vaqtida va adolatli tarqatish, uning talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaning oldini olish masalalariga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi koʻmir omborlari filiallarida rahbar va ombor mudirlari tomonidan tamagirlik va pora olishga oid aniqlangan korrupsion holatlar keng muhokama qilinib, asosiy eʼtibor bunday achinarli holatlarning oldini olishga qaratilmoqda.
Oʻtgan hafta davomida jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshligʻi E.Amanov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan xuddi shunday tadbirlar “Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari filiallarida tashkil etildi.
Jumladan, 17 noyabr kuni “Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon viloyati filialida viloyat hokimligi masʼullari, mahalla raislari va hududlardagi koʻmir ombori mudirlari ishtirokida oʻtkazilgan davra suhbatida taʼmagirlik, pora berish kabi korrupsiyaviy harakatlarning oldini olish tadbirning asosiy mavzusi boʻldi.
“Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tumani, Andijon shahri va Jalaquduq tumani koʻmir ombori mudirlari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan koʻmirni goʻyoki fuqarolar olganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, koʻmirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilgani, sohada kuzatilayotgan ayrim taʼmagirlik holatlari tanqidiy tahlil qilindi. Qonunchilikda korrupsiya jinoyatiga belgilangan jazo choralari yana bir bor eslatib oʻtildi.
Ishchi guruhi tomonidan viloyat rahbariyati va hududiy koʻmir omborlari mudirlariga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida “Qoʻshimcha kelishuv”ning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib oʻtildi. Filialning mutasaddi rahbarlari va hududiy koʻmir omborlari mudirlariga aholiga koʻmir tarqatishda belgilangan jadvalga qatʼiy amal qilish va sustkashlikka yoʻl qoʻymasliklari haqida tegishli koʻrsatmalar berildi.
Ayni paytda Ishchi guruhi tomonidan tashkil etilayotgan targʻibot ishlari 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarga qoʻshib olib borilmoqda.
Neʼmat Dushayev,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati rahbari.
+998933807262
https://t.me/Nemat_Dushayev
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qish