Asosiy Qonunimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlandi
Nashr qilingan sana: 05.12.2022 16:04:12Bugun Angren shahar hokimligida Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir va bayram konserti oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda Angren shahar hokimi yigʻilganlar timsolida angrenliklar va shahrimiz mehmonlarini KONSTITUTSIYA kuni bilan qutladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz yilligi munosabati bilan Angren shahrining ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan shahar faollarining bir guruhi shahar hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Neʼmat Dushayev ham bor.
Tadbir Angren shahar madaniyat boʻlimi sanʼatkorlarining bayram konserti namoyishi bilan yakunlandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qish