Avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati bilan tabrik
Nashr qilingan sana: 28.10.2023 21:08:57Har bir kasbning oʻz oʻrni va masʼuliyati borligi hech birimizga sir emas, ammo shunday bir kasb borki ular odamlarning manzilini yaqin, ogʻirini yengil qiladi. Aksiyadorlik jamiyatimizda ham avtomobil transporti xodimlari kunini nishonlash urfga aylangan. Bu bejiz emas, koʻmir ustki qatlamini ochishdan tortib, mahsulotni vagonlarga yuklab joʻnatishgacha boʻlgan jarayonlarda soha vakillarining oʻrni beqiyos.
Korxonamiz faoliyati kengayib borar ekan, avtomobil transporti sohasiga boʻlgan eʼtibor va talab ham ortib bormoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan koʻmir sanoatini rivojlantirish maqsadida 80 mln. dollar miqdorda mablagʻlar yoʻnaltirilib, yangi texnikalar olib kelinmoqda. Endilikda haydovchilarimiz yanada shijoat va gʻayrat bilan yurtimiz aholisini koʻmir yonilgʻisi bilan taʼminlash yoʻlida hormay-tolmay mehnat qilishlari lozim.
Yilning toʻrt faslida, ob-havo sharoitidan qatʼiy nazar, konlarimizda ishlab chiqarish jarayoni bir zum toʻxtagani yoʻq. Konchilarimiz kunni tunga ulab koʻmir qazib olish va isteʼmolchilarga yetkazib berishdek sharafli ishlarini davom ettirmoqdalar.
Fursatdan foydalanib koʻmir sanoatimiz avtomobil transporti xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman. Azamat konchi-haydovchilarimizga va ularning oilaga baxt, omad tilayman. Yurtimiz hamisha tinch, mehnatimiz barakali boʻlaversin.
Abdunosir Qayumov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish