Avtoulovlarni maxsus ruxsatnomasiz koʻmir koni hududiga kiritish mumkin emas
Nashr qilingan sana: 07.11.2023 17:50:08“Oʻzbekkoʻmir" AJ video kuzatuv xizmatining maʼlum qilishicha, 2023 yilning 17 oktyabr kuni soat 10:42 da maxsus ruxsatnomaga ega boʻlmagan davlat raqam belgisi 01 298 QHA boʻlgan avtotransport vositasi 47-boʻlim qoʻriqlash xizmati xodimi N.D. ushbu avtomashina haydovchisidan 50 ming soʻm pora olayotgani va hech qanday qarshiliksiz korxona hududiga kiritib yuborganligi holati videotasvirda muhrlanib qolgan.
Ushbu holat yuzasidan jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan ichki tartibda oʻrganishlar olib borildi va masala muhokama etilib, 24.06.2016 yildagi mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kiritilgan shartlar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv talablarini qoʻpol ravishda buzgani uchun N.D. bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilish boʻyicha taklif berildi.
Ishga doir toʻplangan dalil va hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati Angren shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga yuborildi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
eXBZwOulsUFKzQC
15.11.2023 21:42:14EaFZOdIv
15.11.2023 21:42:09eXBZwOulsUFKzQC
15.11.2023 21:42:04Oxirgi yangiliklar:
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qish