Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyasi o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 04.10.2024 13:47:43
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita boshlang‘ich tashkilotlaridan saylangan 53 deputatdan 39 nafari ishtirok etdi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov olib borgan konferensiyada kun tartibiga qo‘yilgan masala - Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi Kengashi tarkibi qayta ko‘rib chiqildi va “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan undan jamiyatdagi ish beruvchi vakillar ‒ bo‘lim va boshqarmalar, filiallar rahbarlari chiqarildi.
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlariga ham o‘n kun muddat ichida tashkilot qoshidagi kengash tarkibini qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi kengashiga yangi a’zolar saylash uchun navbatdagi konferensiyani chaqirish belgilandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir ikki usul - ochiq ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Konlarda, ayni dam olish kunlariga qaramay, ishlab chiqarish bir maromda, uzl...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish