Bolajonlar uchun “Archa bayrami” tadbiri o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 27.12.2024 04:25:15
27-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida konchilar farzandlari uchun “Archa bayrami” tadbiri tashkil etildi.
2025-yil jamiyatda yuqori mehnat ko‘rsatkichlari bilan kutib olinmoqda. Ayni paytda Yangi yil bayram tadbirlari ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Ushbu bayramni ayniqsa bolajonlar intiqlik bilan kutishadi. Shularni e’tiborga olib jamiyat korxonalari ishchi-xodimlari farzandlari uchun Yangi yil sovg‘alari tayyorlandi va tarqatildi.
Angren shahar "Istiqlol" maydonida tashkil etilgan "archa bayrami" tadbirida konchilar va ularning farzandlari ishtirok etdi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov bolajonlar va ularning ota-onalarini Yangi yil bilan qizg‘in tabrikladi.
Turli ertak qahramonlari ishtirokida teatrlashtirgan tomoshalar bolajonlarga bir olam zavq va quvonch bag‘ishladi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish