“Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda
Nashr qilingan sana: 22.12.2024 05:21:59
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslarini iqtisod qilish yuzasidan qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, filiallarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda. Ayni paytda qayta tiklanuvchi elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish hamda yoshlarning malakasini oshirishga e'ibor qaratilmoqda.
Jamiyat markaziy dispetcherlik markazida 20-dekabr kuni “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali boshlig‘i Erkin Ergashev ishtirokida energetika samaradorligi oshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, galdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish