Fargʻona viloyati: koʻmir taʼminoti barqarormi?
Nashr qilingan sana: 15.12.2022 16:08:54Fargʻona viloyatida joriy yil kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy sohalar uchun 316 ming 142 tonna koʻmir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Uning 155 ming tonnasini mahalliy hamda 80 ming tonnasini import qilinadigan koʻmir mahsuloti tashkil etadi.
Ayni kunlarda mavsumdagi mavjud muammolarni hal etish, ijtimoiy obyektlar va aholi xonadonlarini tabiiy gaz, elektr-energiya bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Gaz yetib bormagan hududlardagi aholiga ehtiyojlari asosida suyultirilgan gaz va koʻmir mahsulotlari yetkazilmoqda. Bugungi kunga qadar viloyatda ijtimoiy sohalarga 81 ming 142 tonna koʻmir yetkazib berildi. Hududlar kesimida 8 ta koʻmir ombori faoliyat koʻrsatib, bir kunda oʻrtacha 1,5-2 ming tonnaga yaqin koʻmir mahsulotlari isteʼmolchilarga tarqatilmoqda.
Mavsum boshidan buyon mahallalar kesimida aholiga 89 ming tonnadan ziyod mahalliy koʻmir yetkazib berildi. Oʻz navbatida olis va borish qiyin boʻlgan hududlarga, xususan, Soʻx tumani, Fargʻona tumanining "Shohimardon", Beshariq tumanidagi "Vorrux dasht" hamda Rishton tumanidagi "Choʻngʻara" mahalla fuqarolar yigʻini aholisiga 7 ming tonnadan ziyod mahsulot arzon narxlarda yetkazildi.
– Mavsum uchun oilamiz ehtiyojidan kelib chiqib, 0,5 tonna koʻmir olganmiz, – deydi Yozyovon tumanidagi Xonobod qishlogʻida yashovchi Ahliddin Mirzamatov.
Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Bahodir Yusupovning maʼlum qilishicha, hududdagi qariyb 300 ta oilaga belgilangan miqdordagi koʻmir toʻliq va oʻz vaqtida yetkazib berilgan.
M.Sulaymonov,OʻzA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Konchilar spartakiadasi: g‘oliblar munosib taqdirlandi
«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Konchilar...
O'qishKonchilar spartakiadasi: do‘stlik g‘alaba qozonadi
Bugun ertalab «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «K...
O'qishMangu xotirangiz oldida ta’zimdamiz, mard o‘g‘lonlar!
Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahar Xotira huyobonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi o'tkazildi. Ush...
O'qish“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qish