Fargʻona viloyati Koʻmir taʼminoti MChJda davra suhbati oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 17.11.2023 08:07:45Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni oldidan 16-noyabr kuni, "Ko'mirtaminot" MChJning Fargʻona viloyati filialida "O'zbekko'mir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash komplayens nazorat tuzilmasi, viloyat hokimligi masullari, mahalla raislari va hududlardagi ko'mir ombori mudirlari ishtirokida ta'magirlik, pora berish kabi korrupsion harakatlarni oldini olish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati tashkil etgan davra suhbatida korrupsiya holatlari davlat organlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida taʼkidlandi. Xususan, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Fargʻona viloyat filiali tasarrufidagi Buvayda tuman koʻmir ombor mudiri A.I. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan 413,8 mln. soʻmlik 1.364,3 tonna koʻmirlarni goʻyoki fuqarolar olganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, koʻmirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilgan. Sohada kuzatilayotgan ayrim ta'magirlik xolatlari tanqidiy tahlil qilindi. Qonunchilikda korrupsiyaga belgilangan jazo choralari yana bir bor eslatib o'tildi.
Ishchi guruhi viloyat rahbariyati va hududiy ko'mir omborlar mudirlariga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv" ning mazmun mohiyatini atroflicha tushuntirib o'tildi.
Tadbirda ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
https://t.me/uzbekcoaluz
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qish