Ijtimoiy ko‘mirni boshqasi bilan adashtirmang!
Nashr qilingan sana: 30.10.2023 18:45:38Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman ko‘mir omborida aholiga mo‘ljallangan ko‘mir saralanib, uning maydalari aholiga sotilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqda audio va foto xabarlar xabar tarqaldi.
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ Andijon viloyati filiali mutasaddilari tomonimdan holat o‘rganilganida, ushbu tanqidiy xabarlar tasdig‘ini topmadi.
Aniqlanishicha, murojaatchi fuqaro tomonidan ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan fotosuratlarda aks ettirilgan lavhalar "Ko‘mir ta’minot" MCHJ Andijon filialiga qarashli Qo‘rg‘ontepa ko‘mir omboriga emas, aksincha, ushbu ko‘mir omboriga qo‘shni bo‘lgan tadbirkorga tegishli ko‘mir omboriga tegishlidir.
Ma’lumot uchun, aholiga mo‘ljallangan arzonlashtirilgan ijtimoiy ko‘mir markasi 2BZK bo‘lib, fraksiyasi 25-500 mm.ni tashkil etadi. Ushbu ko‘mir yirik-mayda aralash bo‘lib, saralanib sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tadbirkorlarga qarashli omborlarda ko‘mir turli fraksiyalarga ajratilishi va erkin narxda sotilishi mumkin.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
qfAsUeSTarphHRYg
01.11.2023 19:51:01AvJtFfhR
01.11.2023 19:50:58qfAsUeSTarphHRYg
01.11.2023 19:50:53Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish