Illatga qarshi faqat kurashish tegishli organlar emas, barchaning ishi
Nashr qilingan sana: 14.04.2023 12:19:33KORRUPSIYA kishilarning davlat va jamiyatga ishonchini yoʻqotadi, erkinlikni zaiflashtiradi, iqtisodiy rivojlanishga toʻsqinlik qiladi hamda tengsizlik, qashshoqlik, ijtimoiy boʻlinish va ekologik inqirozni yanada kuchaytiradi. Shu boisdan ham davlat xizmatchilari ushbu illatga hamisha qarshi turishi, oʻz vazifasini bajarishi hamda yordamini hech qanday taʼmasiz amalga oshirishi juda muhim.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot-profilaktik tadbirlarda ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jamiyat ijro apparati buxgalteriya boʻlimida kuni kecha tashkil etilgan shunday tadbirda bosh hisobchi Z.Umarov korrupsiya holatining davlat va jamiyatga keltiradiganning zarari, uning tarixiy kelib chiqishi, uning mohiyati va holati haqida gapirib yigʻilganlarga maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlandiki, bugun davlatimiz va jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi keng koʻlamli tadbirlar olib borilmoqda. KORRUPSIYA holatining har qanday koʻrinishlari aniqlansa, aybdorlarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilgan. Shu boisdan ham bunday harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish lozim.
Tadbirda korrupsiya illatiga barham berish boʻyicha taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlandi. "Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiali bosh hisobchisi B.Yusupovaning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada ayollarning roli katta. Agar oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizq izlash payida boʻladilar, natijada ishida xotirjamlik, oilasida fayz-baraka boʻladi.
"Kapital qurilish" filiali bosh hisobchisi M.Karelinaning fikrlari ham barchaning eʼtiborini totdi. KORRUPSIYA, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etadi. Ishchi-xodimlarda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni rivojlantirish yoʻlida koʻp ish qilishimiz kerak. Afsuski, hamma ham oʻz haq-huquqini himoya qila olmayapti, bular qonunlarni yaxshi bilsa va ular ijrosini talab qilsa, hech qanday korrupsiyaning payi qirqiladi, ish bitirish uchun mansabdorlardan kimgadir pora berishiga hojat qolmaydi, deb hisoblaydi M.Karelina.
Qizgʻin bahs-munozara shaklida oʻtgan tadbirni Z.Umarov yakunlar ekan, taraqqiyot kushandasi boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashish faqat tegishli organlarning emas, barchaning ishi boʻlishi zarurligini, ana shunda korrupsiya xavfini bartaraf etish mumkinligini alohida taʼkidladi.
Tadbirda barcha buxgalteriya boʻlimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Nasiba Baisheva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish