Iste’molchilar ko‘mir sifatidan mamnun
Nashr qilingan sana: 22.10.2023 10:25:48Sovuq kunlar boshlanmoqda. Shu munosabat bilan “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Angren” ko‘mir ombori nihoyatda gavjum. Bu yerda xaridorlar ham yuk avtomashinalari ham ko‘pki, ayrim xaridor va haydovchilar va xaridorlarning besabrligidan ombor mudiri Muzaffar Ergashev, ochig‘i, asabiylasha boshlaydi. Ba’zilar navbatda turishni xohlamaydilar va tezroq ko‘mir olish uchun janjallasha boshlaydilar.
– Kunlar soviy borishi bilan hamma ko‘mir omboriga kelmoqda. Biroq yoqilg‘i oldindan tuzilgan ro‘yxat bo‘yicha beriladi. Bu jarayon sentyabr oyida boshlangan va dekabrda tugaydi. Har bir iste’molchi ikki tonna BZR ko‘mir olish huquqiga ega, . – deydi M.Ergashev.
Hozirgi kungacha iste’molchilar-ning asosiy toifalariga 9 ming 632 tonna ko‘mir tarqatildi. Shuning 4 ming 477 tonnasi ko‘mir korxonalari xodimlariga, 5 ming 155 tonnasi aholi uchun berildi. Mudirning ta’kidlashicha, “BZR” markali ko‘mir sifatli, katta fraksiyalarga ega, juda quruq va yaxshi yonadi. Hozircha ko‘mir bepul, xayriya asosida berilmayapti, balki shahar hokimligi shahar mahallalarida yashovchi kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, nogironlar va muhtoj fuqarolarning ro‘yxatini tez kunlarda yetkazar...
Har xil rusumdagi yuk mashinalari: “ZIL”, “GAZ”, “KamAZ”, “ISUZU” va hatto pikaplar bortiga ko‘mir yuklanishini kutib, saf tortadi. Yuklovchi mashina oldinga va orqaga yurib, mashina bortlarini yoqilg‘iga to‘ldiradi. Shundan so‘ng barcha mashinalar taroziga qo‘yiladi. Har birida roppa-rosa ikki tonna ko‘mir bo‘lishi kerak. Ortiqcha bo‘lsa olinadi, kam bo‘lsa qo‘shiladi.
– Har yili mahalliy ko‘mirni shu omborxonadan olaman, – deydi Nishbash mahallasida yashovchi Abdulqosim Nig‘matov. – Angren konida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatli, deyarli hech qanday begona jinslar yo‘q, eng muhimi, hajmi katta. Ushbu turdagi ko‘mir yaxshi yonadi va yetarli darajada issiqlik hosil qiladi. Pensioner va sobiq ko‘mir konchisi sifatida meni hech qachon rad etishmaydi. Ombor mudiri Muzaffar Ergashev va uning jamoasiga ish samaradorligi uchun rahmat!
– Ombordan zarur ko‘mirni sotib olganimdan xursandman, – deya qo‘shimcha qiladi Qoraxtay qishlog‘ida yashovchi Xolida Burliyeva. – Men ham bir necha yil ketma-ket ombordan olaman. Sifati va miqdori bo‘yicha e’tirozim yo‘q. Chiroyli ortib berishayapti. Rahmat, konchilar va ta’minotchilarga!
Dinara ISLOMOVA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish