Ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha seminar
Nashr qilingan sana: 26.06.2023 11:41:03Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida "Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirokidagi tadbirda respublikamizning barcha tarmoq tashkilotlari qatori "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakillari ham qatnashdi.
Seminar avvalida "Oʻzbekiston ixtirochilar va ratsionalizator jamiyati" nodavlat notijorat tashkiloti sifatida (joriy yilning 20 fevralida Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan) tashkil etilib, uning raisi etib R.Ashurov saylangani va ushbu tashkilot tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi.
Ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari berish borasida "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ va "Olmaliq KMK" AJ mutaxassislari oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Joylarda ushbu yoʻnalishda kamchiliklar va toʻsqinliklar, Oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari orasidagi oʻzaro bogʻliqliklar, munosabatlar qayta tiklash masalalari ham muhokama etildi.
Respublikadagi korxona v tashkilotlar faoliyatiga oʻzining ratsionalizatorlik takliflarini kiritib, ularni joriy qilishda yaxshi natijalarga erishayotgan mualliflarni aniqlash, ular oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish va ragʻbatlantirishda, jumladan "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator" faxriy unvoniga nomzodlarni shakllantirishda Vazirlik va Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.
Qutlugʻ Teshaboyev,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ INVESTITSIYA loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻlimi boshligʻi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish