Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
Nashr qilingan sana: 13.03.2025 01:18:382025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda foydali qazilmalar va geologik ofatlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish va KOICA loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Koreyalik hamkorlar ko‘mir konidagi xavfli geologik jarayonlarni tahlil qilish, xavflarni avtomatlashtirilgan onlayn tizimda kuzatish va minimallashtirish, hamda ko‘chish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha takliflar bildirdilar.
“Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” filiali rahbari To‘lqinjon Abdujalilov delegatsiyaga ko‘mir konidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. Mehmonlar qatlamlar, tuzilish va qazib olish jarayonidagi ko‘chkilar haqida savollariga javoblar oldilar.
KOMIR va KIGAM vakillari “Angren” ko‘mir koni yaqinidagi Jigariston qo‘rg‘oni hududiga tashrif buyurib, bu yerda 1991-yildagi ko‘chki sodir bo‘lgan joyni hamda mazkur konning shimoliy qismidagi ko‘chkilarni ham ko‘zdan kechirdilar.
Koreya tashkilotlari haqida qisqacha ma’lumot:
KOICA ‒ 1991-yilda tashkil etilgan, rivojlanish yordami dasturlarini amalga oshiruvchi agentlik. 2024-yilda O‘zbekiston bilan 300 million AQSh dollarlik 29 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
KOMIR ‒ mineral resurslarni ta’minlash va yopilgan konlarni rekultivatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat korporatsiyasi.
KIGAM ‒ geologiya va mineral resurslar sohasida tadqiqotlar olib boradi.
Qutlug‘ Teshaboyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va davlat-xususiy sherikchilikni
rivojlantirish департаменти бошлиғи
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish