Kiberxavfsizlikka qanchalik amal qilayapmiz?
Nashr qilingan sana: 27.09.2023 06:05:50Joriy yilning 27-sentabr kuni "O'zbekko'mir" aksiyadorlik jamiytida "Biz kiberjinoyatchilikka qarshimiz!" shiori ostida "Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!" mavzusida xodimlar bilan davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda aksiyadorlik jamiyati xodimlari, jamiyat rahbariyati, Toshkent viloyati IIBB mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida so'zga chiqqanlar kiberbulling, internet fishing, onlayn treyding kabi atamalarga ta'rif berish orqali kiberjinoyatchilar tuzogiga tushib qolmaslik, shaxsiy ma'lumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bogliq ma'Iumotlarni begonalarga ma'Ium qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o'yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Kiberxavfsizlik bo'yicha Toshkent viloyati IIBB kiberxavfsizlik katta mutaxassisi, leytenant Ramziddin Alimovning ta'kidlashicha ko'mir sanoati xodimlari tomonidan berilgan barcha savollar o'rinli bo'lib, ko'pchiliklari bugungi yuz berayotgan axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan boxabar faqatgina firibgarlik va shu kabi aldov yo'li bilan daromad orttirish istagidagi manfur kimsalarning borligi ularni o'ylantirmoqda. Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik markazi bu kabi targ'ibot tadbirlarini keng o'tkazish orqali aholining xabardorligini oshirishni maqsad qilgan.
Davra suhbati yakunida xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish