KOʻMIR KONIDA DIZEL YOQILGʻISINI TALON-TAROJ QILGAN SHAXSLAR USHLANDI
Nashr qilingan sana: 17.08.2023 17:56:48Joriy yil 12 avgust kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Angren koʻmir koni”da bir guruh mahalliy aholi koʻmir havzasidan ot va eshaklar yordamida oʻgʻrilik yoʻli bilan dizel yoqilgʻisini olib chiqib ketayoganda fosh etildi.
Aniqlanishicha, oʻgʻrilikni sodir etgan shaxslar obʼekt hududiga noqonuniy kirib, oldindan kelishilgan maxsus-texnika haydovchilaridan 400 litr miqdorda dizel yoqilgʻisini idishlarga toʻldirib olib chiqayotgan boʻlgan. Bundan tashqari, ularning yonida yana shuncha miqdorda yoqilgʻi sigʻadigan boʻsh idishlar aniqlangan.
Oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashib, kon hududiga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻygan qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi T.Tulegenov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Maʼlum-ki, ishlab chiqarish uzviy jarayon boʻlib, birgina yuqoridagi holat misolida oladigan boʻlsak, 0,5 tonna yoqilgʻi yordamida Belaz rusumli yuk avtomobili 1 smena davomida oʻrtacha 1000 tonna togʻ jinslarini tashishi mumkin edi. Hulosa oʻrnida, har bir xodim ish jarayonida boʻlayotgan talon-tarojliklarga toqatsizlik ruxida, shaxsiy manfaatlarni yuqori qoʻyayotgan kimsalar haqidagi maʼlumotlarni aksiyadorlik jamiyatining komplayens nazorati xizmatining tegishli aloqa botlariga yuborishlari orqali shu kabi holatlarning oldi olinadi. Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlangan.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Bosh direktor yoshlar bilan uchrashdi
27-aprel kuni «O‘zbekko‘mir» AJ ijro apparati binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Angren shahar “Yoshlik” hamda “May...
O'qishMehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish