“Koinot” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida 3-smena boshlandi
Nashr qilingan sana: 14.07.2023 02:17:30"Oʻzbekkoʻmir" AJ tasarrufidagi "Koinot" bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi mavsumning 3-navbat bolajonlarini oʻz bagʻriga oldi.
Ohangaron tumanining soʻlim Chetsuv qishlogʻi hududida joylashgan oromgohga oʻgʻil-qizlarni joʻnatish chogʻida jamiyat mutasaddilari va kasaba uyushmalari faollari, ota-onalar hozir boʻldilar.
Konchilar farzandlari oʻn ikki kun davomida tarbiyachilar va murabbiylar kuzatuvida oilasidan tashqarida mustaqil yashash koʻnikmasini egallaydilar, yangi doʻstlar orttiradilar. Bosh tarbiyachi Madina Barakayevaning aytishicha, smena davomida 270 oʻgʻil-qizni yangi davralar, bir-biridan qiziqarli toʻgarak mashgʻulotlari va sport musobaqalari kutmoqda.
Yaxshi dam olib qayting, bolajonlar!
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish