“Ko‘mir ta’minot” MCHJ: Kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyasi
Nashr qilingan sana: 12.02.2025 02:05:58“Ko‘mir ta’minot” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ ma’muriy binosida tashkil etilgan tadbirda “Ko‘mir ta’minot” MChJ ijro apparati va hududiy filiallaridan delegatlar ishtirok etdi.
Konferensiyada “Ko‘mir ta’minot” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Muhiddin Mamatisaevning hisoboti tinglandi.
Bugungi kunda jamiyat tizimida 1ming 140 nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Ish beruvchi tomonidan ularning Jamoa shartnomasida belgilab qo‘yilgan huquq va manfaatlarini ta’minlash, unumli mehnat qilish va mazmunli hordiq chiqarish, salomataligini tiklash, ijtimoiy himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligi ta’kidlandi.
Delegatlar Kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb topdilar.
Tashkiliy masala ko‘rildi. Muhiddin Mamatisaev “Ko‘mir ta’minot” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib qayta saylandi.
Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasining uch kishidan iborat Kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Shu yilning aprel oyida “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyasi o‘tkaziladi. Tadbirda kun tartibiga kiritilgan ushbu konferensiyaga delegatlar saylash masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Konferensiyada “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov so‘zga chiqdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish