Ko‘mir yuklab yuborilganidan so‘ng uning sifatiga ombor xodimlari javob bermaydi
Nashr qilingan sana: 22.09.2023 18:46:27Uchko‘prik tumani mahallalari raislari nomidan aholiga berilayotgan ko‘mirga tosh va qum qo‘shib sotilayotgani aytilgan ijtimoiy tarmoqdagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ Farg‘ona viloyat filiali ko‘mir omborlari tomonidan aholi xonadonlari uchun 2BZR markadagi ko‘mir mahsulotlari tarqatilmoqda. Jumladan, Qaqir ko‘mir ombori orqali aholiga berilayotgan ko‘mir yoqilg‘isi 2BZR markali bo‘lib, o‘lchamlari 25 mm-500 mm.ni tashkil etadi.
Ko‘mir konidan yuklab yuborilgan ko‘mir mahsuloti omborga kirim qilib olinganidan so‘ng yoqilg‘i tarqatish ishlari tuman hokimligi mas’uli ishtirokida quyidagicha amalga oshiriladi: MFY raislari, mahalla vakillari yoki fuqarolari taklif etilib, ular ko‘mir mahsulotini uning sifat guvohnomasiga mos kelishi bilan tanishtiriladi, shundan so‘nggina mahsulot yuklab beriladi. Shu kunga qadar omborda ko‘mir sifati bo‘yicha e’tiroz tushmagan.
Tanqidiy chiqishdagi holatga aniqlik kiritish maqsadida Uchko‘prik tumani xokimligi vakili B.Teshaboyev guvohligida o‘tkazilgan so‘rovlarda, jumladan Qumariq MFY raisi X.Mahamadaliyev, shu mahalla fuqarosi A.Usmonovlar ko‘mir sifati bo‘yicha hech qanday e’tirozlari yo‘qligini, ular xarid qilgan yoqilg‘i sifati ko‘ngildagiday ekanligini tasdiqlashdi.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, viloyat ko‘mir omborlarida kirim qilingan ko‘mirni sifatli saqlash hamda ularni mahalliy hokimliklar va MFYlar taqsimotiga ko‘ra tarqatish ishlari to‘liq nazoratga olingan.
O‘z navbatida MFY raislarining ko‘mir sifatiga e’tirozlari bo‘lsa, mahsulotni xarid qilmasliklari mumkinligini eslatib o‘tamiz. Ayni paytda iste’molchilardan hamda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan mahalliy ko‘mir sifati, uni tarqatish bilan bog‘liq e’tirozlar bo‘lsa, tanqid ob’yektini aniq ko‘rsatishlarini so‘rab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, ko‘mir "Ko‘mir ta’minot" MCHJ Farg‘ona viloyatiga qarashli omborlardan yuklab yuborilgach, uning sifatiga ombor xodimlari javob bermaydi.
Gʻofurjon Gazibayev,
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ Farg‘ona filiali rahbari
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish